Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Barchasi «xet-trik»lar haqida yoxud oldingi 30 mavsumda jami 284ta «uchtalik» kuzatilgan

Barchasi «xet-trik»lar haqida yoxud oldingi 30 mavsumda jami 284ta «uchtalik» kuzatilgan

Baho:
+ | -

«Xet-trik» nimaligi barcha futbol muxlislariga ma’lum, albatta. Ha, bu ibora muayyan futbolchining bitta o‘yin davomida 3ta gol urishini anglatadi. Bugun e’tiboringizga O‘zbekiston milliy chempionati elit ligasining ortda qolgan 30 mavsumida qayd etilgan «xet-trik»lar haqida ma’lumot berishni lozim topdik.

Jami 284ta «xet-trik»

Demak, raqamlarda aytsak, oldingi 30 mavsum davomida jami 284ta «xet-trik» kuzatilgan. Tabiiyki, debocha «uchtalik gol» milliy chempionatimizning dastlabki mavsumida rasmiylashtirilgan. Aniqroq aytsak, O‘zbekiston chempionatida «xet-trik»lar hisobini 1992 yili «Bunyodkor»ning hozirgi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov ochib bergandi. Ushbu tarixiy voqea birinchi milliy chempionatimizning 4-turidayoq ro‘y berganini aytish kerak. Ma’lumot uchun, o‘sha mavsum oliy ligada 17ta klub ishtirok etgandi.

 

Yubiley «xet-triklar

Hozirga qadar chempionatimizda 5ta yubiley «xet-trik» qayd etilgan. Deylik, 1 va 50-«xet-trik»lar orasida 5 yil bor. Boshqacharoq aytganda, 50-«uchtalik gol» 5-mavsumning 5-turiga to‘g‘ri kelgan. Unga «Navbahor» vakili Zafar Musaboyev mualliflik qilgandi.

O‘zbekiston chempionatining «yumaloq» sonli «xet-trik»lari

1-«xet-trik»: Shuhrat Maqsudov («Paxtakor»), mavsum-1992, 4-tur

50-«xet-trik»: Zafar Musaboyev («Navbahor»), mavsum-1996, 5-tur

100-«xet-trik»: G‘ayrat Odilov («Metallurg»), mavsum-1999, 26-tur

150-«xet-trik»: Umid Isoqov («Neftchi»), mavsum-2001, 20-tur

200-«xet-trik»: Anvar Soliyev («Paxtakor»), mavsum-2005, 18-tur

250-«xet-trik»: Artur Gevorkyan («Nasaf»), mavsum-2013, 12-tur

 

Zafar Xolmurodov - tengsiz!

Qiziq, O‘zbekiston milliy chempionatida «xet-trik»lar soni bo‘yicha kimlar oldinda? Albatta, tan olingan to‘purarlar! Ligamiz tarixida kamida 5 marta «xet-trik» rasmiylashtirgan 13 nafar futbolchiga qarasak, ularning har biri to‘purarlik mahorati bilan ajralib turgan. Xususan, bu boradagi peshqadam Zafar Xolmurodov jami 14ta «xet-trik»ka ega. Shu o‘rinda alohida bir qiziqarli fakt - «Nasaf» tarixida yorqin iz qoldirgan sobiq hujumchi o‘sha vaqt, ya’ni futbolchilik faoliyati davomida klubining jami «xet-trik»laridan 67 foizini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan - ajoyib natija! Aytgancha, Xolmurodovning yana bir rekord ko‘rsatkichi borki, bu ham alohida e’tiborga molik. Diqqat qiling, u 2000 yilgi mavsumda naq 6ta o‘yinda 3tadan gol urgan - mutlaq rekord! 

O‘zbekiston chempionatida eng ko‘p «xet-trik» qayd etgan futbolchilar

1. Zafar Xolmurodov - 14ta «xet-trik» (377ta o‘yinda, 200ta gol)

2. Shuhrat Mirxoldirshoyev - 11ta «xet-trik» (321ta o‘yinda 194ta gol)

3. Umid Isoqov - 10ta «xet-trik» (301ta o‘yinda 174ta gol)

   Oleg Shaskix - 10ta «xet-trik» (139ta o‘yinda 104ta gol)

5. Ja’far Irismetov - 8ta «xet-trik» (264ta o‘yinda 174ta gol)

6. Anvar Soliyev - 7ta «xet-trik» (405ta o‘yinda 163ta gol)

   Shuhrat Maqsudov - 7ta «xet-trik» (156ta o‘yinda 81ta gol)

8. Baxtiyor Hamidullayev - 6ta «xet-trik» (362ta o‘yinda 179ta gol)

   Ravshan Bozorov - 6ta «xet-trik» (318ta o‘yinda 162ta gol)

10. Anvar Berdiyev - 5ta «xet-trik» (505ta o‘yinda 226ta gol)

    Rustam Do‘rmonov - 5ta «xet-trik» (237ta o‘yinda 132ta gol)

    Dragan Cheran - 5ta «xet-trik» (139ta o‘yinda 96ta gol)

   Zafar Musaboyev - 5ta «xet-trik» (173ta o‘yinda 68ta gol)

 

Eng tezkor «xet-trik»

O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng tezkor «xet-trik» yana bir ajoyib sobiq hujumchi Vladimir Shishelovga tegishli. Bu futbolchi 2004 yili «Paxtakor» safida atigi 3 daqiqalik o‘yin vaqtida raqib darvozasini 3 bora nishonga olgan. To‘g‘ri, Vladimirning gollari birinchi bo‘lim oxiri va ikkinchisining ilk daqiqalariga to‘g‘ri kelgan. Aniqroq aytsak, 45, 45+1 va 48-daqiqalarga. O‘yinning eng ko‘p vaqtini olgan «xet-trik»larga kelsak, ikki futbolchining natijasi teng. Avvaliga, 1999 yili Abdujalil Abdug‘aniyev Toshkent­ning «Traktor» klubi libosida 87 daqiqa oralig‘ida (1, 80 va 88-daqiqalar) 3ta gol urgan. 2009 yili esa «Bunyodkor»ning mashhur legioneri Rivaldo ham «xet-trik» uchun shuncha vaqt sarflagan. Farqi shuki, braziliyalik yulduzning gollari o‘yinning boshqa «nuqta»lari - 6, 59 va 90+3-daqiqalarda kuzatilgan.

 

Jamoalar o‘rtasidagi poyga

O‘zbekiston chempionatining 30 mavsumida jami 40ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, ulardan 29tasida loaqal 1ta «xet-trik» bor. Muayyan bir mavsumda ko‘p «xet-trik» rasmiylashtirish bo‘yicha rekord «Navbahor»ga tegishli. Namangan klubi futbolchilari chempionlik mavsumi (1996 yil)da raqiblarni naq 7ta «xet-trik» bilan «siylashgan». 30 mavsumda jami 51ta «xet-trik» - bu amaldagi chempion «Paxtakor»ning natijasi. «Sherlar» oltin medallar sonida bo‘lgani kabi bu borada ham qolganlardan ancha oldinlab ketishgan.

O‘zbekiston chempionatida eng ko‘p «xet-trik» qayd etgan klublar

1. «Paxtakor»: 30 mavsumda 51ta «xet-trik»

2. «Neftchi»: 27 mavsumda 39ta «xet-trik»

3. «Navbahor»: 30 mavsumda 36ta «xet-trik»

4. «Nasaf»: 25 mavsumda 21ta «xet-trik»

5. Do‘stlik»: 12 mavsumda 18ta «xet-trik»

6. MHSK: 8 mavsumda 13ta «xet-trik»

7. «Andijon»: 26 mavsumda 11ta «xet-trik»

8. «Traktor»: 16 mavsumda 10ta «xet-trik»

9. «Buxoro» («Nurafshon»): 28 mavsumda 10ta «xet-trik»

10. «Lokomotiv»: 17 mavsumda 8ta «xet-trik»

11. «Bunyodkor»: 15 mavsumda 7ta «xet-trik»

--------------------------------------------------------------------

Superliga-2022ning qolgan ishtirokchilari natijasi

«Qizilqum»: 22 mavsumda 6ta «xet-trik»

«Dinamo»: 24 mavsumda 6ta «xet-trik»

«Metallurg»: 24 mavsumda 6ta «xet-trik»

«Surxon»: 15 mavsumda 5ta «xet-trik»

«So‘g‘diyona»: 26 mavsumda 5ta «xet-trik»

AGMK: 14 mavsumda 4ta «xet-trik»

«Qo‘qon-1912»: 16 mavsumda 2ta «xet-trik»

«Olimpik»: -

Izoh: faqat «xet-trik»lar hisobga olingan, ya’ni «poker» va «flesh»larga e’tibor qaratilmagan (bu haqda keyinroq ma’lumot beramiz); joriy mavsum statistikaga qaralmagan.

Aytgancha...

«Xet-trik»lar mavzusi bahona goleadorlikka doir bitta diqqatga sazovor fakt-rekord haqida ma’lumot. 1998 yilgi mavsumning yarmida Isroilning «Makkabi» (Yaffo) klubidagi faoliyatini yakunlab, «Paxtakor»ga qaytgan Igor Shkvirin ikkinchi davra doirasidagi 13ta o‘yinda 4ta «dubl», 3ta «xet-trik» rasmiylashtirgandi. Umuman, u mavsum finishiga qadar raqiblar darvozasini 22 marta nishonga olib, yakunda Mirjalol Qosimov bilan birga eng yaxshi to‘purar bo‘lgan. Fakt shuki, Shkvirin o‘shanda har bir o‘yinda o‘rtacha hisobda 1,7tadan gol urgan - O‘zbekiston chempionatidagi boshqa biror to‘purar bunday mahsuldorlik bilan maqtanolmaydi!

Sergey KNYAZEV

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:30, 04.04.2022.
O'qildi: 3420 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.