Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Kristal Pelas»: yevrofutbol tomon yurish

«Kristal Pelas»: yevrofutbol tomon yurish

Baho:
+ | -

APLning o‘rtamiyona klublaridan biri «Kristal Pelas» joriy mavsum ancha mazmunli o‘yinlari bilan ajralib turibdi. London jamoasi mavsum starti arafasida bosh murabbiy lavozimiga mashhur Patrik Viyeyrani taklif etdi, tarkibni «Chelsi»ga tegishli bir qator yosh iqtidorlar bilan kuchaytirdi. To‘g‘ri, «Pelas» hozirda kamtarona natija ko‘rsatmoqda, lekin futbolchilar harakatidagi ijobiy o‘zgarishlar muxlislarga katta umid bag‘ishlamoqda. Shuning barobarida klubning amerikalik sohibi Devid Blitser amalga oshirayotgan ishlar ham e’tiborga molik. 52 yoshli tadbirkor qaysidir nufuzli maktabda tahsil olmagan bo‘lsada, Pensilvaniya universiteti qoshidagi Uorton biznes-kursini muvaffaqiyatli tamomlagan. U anchadan buyon moliyaviy qudrati 26 mlrd. dollarga baholanayotgan Blackstone sarmoya jamg‘armasida ijrochi-direktor va taktik imkoniyatlar bo‘limi rahbari vazifalarini ado etmoqda.

Blitserning futbolga qanday aloqasi bor?

Blackstone amerikalik biznesmen tasarrufidagi yagona guruh emas. Blitser 57 yoshli xususiy sarmoyador Jo Xarris bilan hamkorlikda HBSE (Harris Blitzer Sports& Entertainment) kompaniyasini ham tuzgan. «Filadelfiya» (MBA), «Nyu-Jersi» (MXL) klublari ayni shu kompaniya tomonidan moliyalashtiriladi. HBSE shuningdek, Amerika futboli va beysbol jamoa­lariga ham sarmoya kiritgan, yirik sport inshootlarini bunyod etgan. Blitser joriy yilning yanvarida MLS ishtirokchisi - «Real Solt-Leyk» aksiyalarini 400 mln. dollarga sotib oldi. Biroq bu bilan biznesmenning 1,3 mlrd. dollarga baholanayotgan mulki kamayib qolgani yo‘q. Chunonchi, Blitser odatda har bir loyihaga sherikchilik asosida qo‘l uradi. Xususan, «Real Solt-Leyk» MBAda o‘ynayotgan «Yuta» basketbol jamoasi sohibi Rayan Smit va Arctos Sports Partners sarmoya guruhi bilan hamkorlikda xarid qilindi. Blitser sport yo‘nalishiga pul tikish masalasida allaqachon Amerikadan chetga chiqishga ulgurgan. Diqqat qiling, hozir Yevropadagi 7ta klub Blitser izmida. Bular - «Kristal Pelas» (Ang­liya), «Augsburg» (Germaniya), «Vasland-Beveren» (Belgiya), «Alkorkon» (Ispaniya), «Eshtoril» (Portugaliya) va «ADO Den-Xaag» (Niderlandiya).


«Pelas» Blitserga nima uchun kerak va u xarid yo‘lida qancha sarfladi?

Chamasi 10 yilcha Londonda yashagan biznesmen «Chelsi»ga qiziqar va jamoa o‘yinlarini stadionda tomosha qilardi. Unda o‘sha paytdayoq loaqal Chempionshipdan biror klub sotib olish rejasi tug‘ilgan. Devid yakunda Jo Xarris bilan London jamoalaridan birini sotib olishga qaror qildi. U avvalo, kelajakda MFL (milliy futbol ligasi)dagi shaxsiy klubini Angliyaga olib kelishni ko‘zlagandi, ammo bu niyati hali amalga oshganicha yo‘q. Xullas, Blitser 2015 yilga kelib, Chempionship emas, birdaniga APL jamoasi sohibiga aylandi. Kelishuv Devid uchun 75 mln. dollarga tushdi. Albatta, amerikalik korchalon nafaqat AQSHdagi klubini Yevropaga olib kelish, balki Londonda shaxsiy biznesini rivojlantirishni ham o‘ylagan. Uning aytishicha, aql bilan ish tutilsa, sportga tikilgan sarmoya samara beradi, albatta. Tez orada Blitserning mutlaqo haq ekanligi tasdiqlandi: u «Pelas» sohibiga aylangach, APLning TV-huquqlar yo‘nalishidagi daromadi salkam 2 baravar oshdi. To‘g‘ri, amerikalik biznesmenlar duetining «Pelas» bilan hamkorligi 4 yilda nihoyasiga yetishi ham mumkin edi. Har holda, ular 2019 yili klubni sotuvga qo‘yishdi, ammo sohiblar talabini qoniqtiradigan xaridor topilmadi. Oradan yana 2 yil o‘tgach, loyihaga qiziqish bildirgan amerikalik yana bir tadbirkor Jon Tekstor «Pelas» aksiyalaridan deyarli 18 foiziga 121 mln. dollar to‘ladi. Bunda uchinchi sohib - Stiv Perish o‘z ulushi (18 foiz)ni saqlab qolgan bo‘lsa, Blitser va Xarris ixtiyoridagi aksiyalar miqdori biroz kamaydi. Asosiysi, duet mazkur kelishuv ortidan deyarli 100 mln. dollar foyda ko‘rdi. Klub esa Tekstor kiritgan mablag‘ hisobiga yozgi transferlar mavsumida faol qatnashib, 5 nafar futbolchi (Yoakim Andersen, Mark Gexi, Odsonn Eduard, Maykl Olise va Uill Xyuz) uchun 73,4 mln. sarfladi.


Blitserning ishga yondashuvi qanday?

Bu yog‘i nima bo‘ladi? AQSH vakili bilan yonma-yon mehnat qilgan yoki qilayotgan kishilar unga hamisha yuksak baho berishadi: «Aqlli, izzattalab sohib», «O‘z vazifasi va xizmatchilarga nisbatan chinakam qiziqish-mehr bilan yondashuvchi namunali rahbar». Bunday e’tiroflardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, «Pelas»ning amerikalik sohibi aniq maqsadlarga ega. Har holda, u dunyoning turli burchaklaridan nega klublar sotib olayotganini yaxshi biladi. «Hayotiy ehtiyojlarni biznes yo‘nalishidagi sarmoya­lar hisobiga qondiraman. Butun faoliyatim davomida doimo atrofimga g‘ayritabiiy xususiyatga ega kishilarni yig‘ishga urindim va ularga o‘z yumushlarini a’lo darajada ado etish imkoniyatini berdim» - mazkur gaplar Blitserning asosiy maqsadi daromad ekanligini ko‘rsatmoqda. Biroq u hech qachon qo‘l ostidagi xodimlarning ishlariga aralashmaydi, jamoa xizmatchilari va menejerlarga o‘z hukmini o‘tkazishga intilmaydi. Mana, «Kris­tal Pelas» murabbiylaridan birining The Athletic nashri jurnalislari bilan suhbatda Blitser haqida aytgan gaplariga e’tibor qarating: «U hech qachon bizdan u yoki bu futbolchini xarid qilishimizni talab qilgan emas. Aksincha, «Jamoa o‘zini yaxshiroq his etishi uchun qanday yordam berishim mumkin?» yoki o‘yinlarimiz qovushmay qolgan kezlar «Nima bo‘lyapti, jamoa nega sustlashib qoldi, uni jonlantirish uchun yordam bera olamanmi?» qabilidagi savollar bilan murojaat qiladi. Devidning eng bilimdon sohiblardan biri ekanligiga shubha yo‘q».


Blitserning futbol  bobidagi bilimi qanday?

Biznesmen atrofidagi ishchi-xizmatchilar uning sof futbol masalasidagi bilimini turlicha baholashadi. Ayrimlar uning bu sohadan mutlaqo xabari yo‘qligini ta’kidlashsa, boshqalar o‘ta yuqori malakali mutaxassis sifatida e’tirof etishadi. Ammo biznes bobida barchaning fikri bir xil: -«Sarmoyador huda behudaga mablag‘ sarflashni yoqtirmasligi va doimo o‘rinli qaror qabul qilish qobiliyati bilan ajralib turadi».Blitserda ikkinchi City Football Group guruhini shakllantirish istagi bor yoki yo‘qligi ma’lum emas. Lekin Belgiya matbuotida berilgan xabarlarga ishonadigan bo‘lsak, amerikalik sarmoyador tasarrufidagi futbol klublari tez orada yana bittaga ko‘payishi mumkin. Agar tomonlar kelishuvga erishsalar, «Ostende» ham uning ixtiyoriga o‘tadi. Shunda 8ta jamoani o‘z ichiga olgan lo­yihaning bosh klubi maqomiga ega bo‘ladigan «Kristal Pelas» APLdagi shayxlar uchun jiddiy raqobatchiga aylanar balki... Bunisini endi vaqt hukmiga qo‘yib bergan ma’qul.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 04.04.2022.
O'qildi: 1750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.