Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Chelsi" sotuvi: Rikettslar oilasi klub muxlislariga nimalarni taklif qilmoqda?

"Chelsi" sotuvi: Rikettslar oilasi klub muxlislariga nimalarni taklif qilmoqda?

Baho:
+ | -

"Chelsi" rahbariyati kuchli sanksiyalar girdobida klubni sotuvga qo‘yishi haqida ma’lum qilgan edi. So‘nggi bir oy davomida ko‘p narsalar o‘zgardi. London klubi bilan bog‘liq vaziyat ham bundan mustasno emas.

"Chelsi" uchun dunyoning turli xil burchaklaridan har-xil tashkilotlar egasi taklif bildirib ko‘rdi. Ular ichida amerikalik yirik biznes konglomerati bo‘lgan Rikettslar oilasi ham bor. Ushbu taklifni berganlar o‘z raqibi bo‘lgan Xansyorg Viss, Stiven Palyuka hamda Martin Brotonlar bilan bellashishiga to‘g‘ri kelmoqda. Ammo "Chelsi"ning sodiq muxlislari Rikettslar taklifiga jiddiy norozilik bildira boshladi. Bunga esa ushbu oila a’zolaridan biri Jo Rikettsning irqchilik ruhidagi mulohazalari sabab bo‘lgan. AQSHning "Klivlend Kavalyers" basketbol klubi rahbariyati ham Rikettslarning "Chelsi"ni sotib olishini quvvatlay boshladi.
Bundan ilhomlangan biznes vakili "Chelsi" muxlislariga xabar yo‘lladi. Unda jumladan, shunday deyiladi:

"Noroziliklar ro‘y bergan kechadan so‘ng, Rikettslar oilasi klubning bir nechta muxlislari bilan uchrashib, ularning fikrlarini diqqat bilan tingladi. Biz klubning xaridini amalga oshirishning muhim bosqichida turibmiz. Aynan shu munosabat bilan jamoa muxlislariga maxsus noma yo‘llaymiz. Unda biz tomondan keyinchalik amalga oshiriladigan ishlar ro‘yxati mavjud. Unda muxlislarga asosiy e’tibor qaratiladi va ularning talabi asosida harakat qilinadi. "Chelsi"ning ko‘p yillik an’analari va stadionining holati saqlanadi. Biz kelayotgan kunlarda muxlislar bilan o‘zaro manfaatli muzokaralarni davom ettirishni reja qilganmiz. Sizga quyidagi harakatlarning amalga oshirilishiga kafolat beramiz:

1. Jamoa muxlislari roziligisiz klub rangi, ramzi, nomi va ko‘rinishi o‘zgartirilmaydi.

2. Hech qachon Yevropa Super ligasiga bosh qo‘shilmaydi. Klubning birligi va madaniy meroslari saqlab qolinadi.

3. Klubning barcha bo‘linmalariga kerakli bo‘lgan resurslar, jumladan, tajribali mutaxassis va yulduz futbolchilar jalb etiladi. Jamoani katta sovrinlar uchun kurashadigan darajada olib qolishga harakat qilinadi.

4. Fikrlar xilma-xilligiga amal qilinadi. Klub boshqaruviga aynan mana shu g‘oya singdiriladi. Jamoa ichida tengsizlik va kamsitilishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

5. Jamoaning sobiq ayollar va erkaklar jamoasi murrabiylari tomonidan qayd etilgan nomzodlar asosida maslahat qo‘mitasi tashkil etiladi. Undagi vakillari turli xil qatlamlarni akslantiradi.

6. "Stemford Brij"ni rivojlantirish, ayni damda esa, uni saqlab qolishga qaratilgan harakatlar olib boriladi. Futbolchilar ushbu stadionda o‘ynashni davom ettirishi uchun barcha resurslar ishga solinadi.

7. Hozirgi vaqtdagi ayollar jamoasida muvofiqlashtiruv ishlari amalga oshiriladi. Ayollarning ham "Stemford Brij"dagi o‘yinlari soni ko‘paytiriladi.

8. "Chelsi" fondi tomonidan xayriya ishlarini amalga oshirishning davom ettirilishiga sharoit yaratiladi. Futbol qudratidan foydalangan holda, insonlarni ta’lim va tarbiyaga ilhomlantiriladi".

Shunday qilib, Rikettslar oilasi mana shu sakkizta tamoyil asosida "Chelsi" muxlislarining noroziliklarini bartaraf etishga harakat qilib ko‘radi. Voqealar rivojini esa kuzatishda davom etamiz.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 22:39, 05.04.2022.
O'qildi: 2339 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.