Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Unai Emerining «PSJ»ning «Real»dan uchralgan mag‘lubiyatiga izoh berdi

Unai Emerining «PSJ»ning «Real»dan uchralgan mag‘lubiyatiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri «PSJ»ning «Real»dan mag‘lubiyatga uchrab, Chempionlar ligasi 1/8 finalidan chiqib ketganiga izoh berdi.

«Benzema ikkinchi golni urganida men o‘zim yaxshi biladigan futbolchilarning yuzini ko‘rdim. Men Markinyoyos va Kimpemba haqida gapiryapman. Ularning yuzlarida to‘liq umidsizlik bor edi. Bu ikki futbolchi o‘yinga qanday munosabatda bo‘lishni bilishmasdi», - dedi Emeri  L`Equipe.

«PSJ» umumiy hisobda «Real»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, Chempionlar ligasidagi yurishini 1/8 bosqichda yakunladi.

Bugun, 6 aprel kuni «Vilyarreal» Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida «Bavariya» bilan o‘ynaydi. 

Kiritildi: 18:01, 06.04.2022.
O'qildi: 2588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик