Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Qizilqum» Hamid Aktamov o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketganini ma’lum qildi

«Qizilqum» Hamid Aktamov o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Navoiyning “Qizilqum” klubida bosh direktor sifatida ishlab kelayotgan Hamidjon Aktamov shu yilning 18 mart kuni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgan. Bu haqda klub oradan 18 kun o‘tib — 5 aprel kuni ma’lumot berdi.

“2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 8.4-bandida klub o‘z rasmiysi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilsa, O‘zPFL uch kun ichida bu haqda yozma ravishda ogohlantirilishi hamda ozod etilgan shaxs lisenziyasi O‘zPFLga topshirilishi lozim ekani ko‘rsatilgan. Shuningdek, “Lisenziyalash reglamenti”ning P.14 mezoni 3-bandida shunday yozilgan: “Lisenziya talabgori lavozimning bo‘shab qolganligi va ushbu lavozimda yangi mutaxassis ish boshlagani to‘g‘risida ko‘pi bilan yetti (7) ish kuni ichida O‘zPFLni xabardor qilishi zarur”.

Shunga qaramay, “Qizilqum” na o‘z rasmiy sahifalarida va na xat orqali bu haqda rasmiy ma’lumot taqdim etdi. Shundan kelib chiqib, “Qizilqum” futbol klubi jarimaga tortiladi. Biz qolgan klublarni ham jamoatchilik uchun ochiq bo‘lishga hamda o‘z muxlislarini klubga tegishli ma’lumotlardan vaqtida xabardor qilishga chaqiramiz.

Ma’lumot uchun, “Qizilqum” futbol klubi O‘zPFLga taqdim etgan xatida Hamidjon Aktamovning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Xoliqov direktor vazifasini bajarayotganini qayd etgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:14, 06.04.2022.
O'qildi: 2059 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик