Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Predrag Rogan: «Bugungi o‘yin uchun muxlislar oldida uyatdamiz»

Predrag Rogan: «Bugungi o‘yin uchun muxlislar oldida uyatdamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston kubogi 1-turi doirasidagi «Dinamo» - «Neftchi» (0:2) o‘yinidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Predrag Rogan matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.

- Avvalambor, «Neftchi»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz g‘alaba uchun hech narsa qila olmadik. Futbolda g‘olib bo‘lish uchun maydonda raqibdan ustunligingni isbotlashing kerak. Bugungi o‘yinimiz uchun muxlislar oldida uyatdamiz. Biz hali juda ko‘p ishlashimiz shart.

O‘yin boshlanganidan keyin ilk soniyalardayoq gol o‘tkazib yuborganimiz ham ta’sir qildi. Jamoa tarkibi asosan yoshlardan iborat, bunday pallada tezkor gol ularning ruhiy holatiga ta’sir etmay qo‘ymaydi. Bu borada ham ish olib borishimiz kerak. Bu bahona sifatida ko‘rinishi mumkin, ammo tarkibimiz yangi, jamoa yangi, ularning maydonda yaxshiroq til topishishlari uchun vaqt talab etiladi. Umuman olganda, bugun qilishimiz bo‘lgan ishlarni bajara olmadik. Buning uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Ertaga yangi kun, bu bahsni unutib, bor e’tiborimizni keyingi o‘yinlarga tayyorgarlikka qaratamiz, - dedi Predrag Rogan.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:42, 07.04.2022.
O'qildi: 1176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик