Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Startda Zokirovdan «dubl» yoxud legionerlarimizda nima gaplar?

Startda Zokirovdan «dubl» yoxud legionerlarimizda nima gaplar?

Baho:
+ | -

Qozog‘iston. Mamlakat Premyer-ligasi 4-turi «Ordabasi» uchun omadsiz keldi. Tarkibida hamyurtimiz Odil Abdumajidov to‘p surayotgan Shimkent klubi bu safar «Kaspiy» mehmoni bo‘lib, ortga mag‘lubiyat bilan qaytdi - 1:2. Legionerimiz ushbu uchrashuvda ham to‘liq 90 daqiqa harakatlandi. «Ordabasi» keyingi tur o‘yinini 9 aprel kuni o‘z maydonida «Tobol»ga qarshi o‘tkazadi. Aytish o‘rinli, Igor Sergeev jamoasi 4-tur bahsida «Turan»ni 3:0 hisobida yengish asnosida turnir jadvali peshqadamiga aylanib oldi. Igor ushbu g‘alabaga 81 daqiqalik faol harakati bilan hissa qo‘shdi. «Qayrat» esa mehmonda «Akjayik» darvozasiga yo‘l topolmadi - 0:0. Jamoaning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov bu bahsni asosiy tarkibda boshladi va 65-daqiqada o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi.

Eron. Mamlakat chempionati 24-turidan o‘rin olgan «Havodor» - «Persepolis» o‘yinida hisob ochilmadi. Ham-yurtimiz Sherzod Temirov to‘liq vaqt to‘p surgan va 83-daqiqada sariq kartochka olgan uchrashuvda tehronliklar yetarlicha hujum uyushtirishdi, ammo samara chiqaradigan futbolchi topilmadi.

Tojikiston. Mamlakat chempionati Oliy ligasi 1-turidan o‘rin olgan «Fayzqand» - «Istaravshan» o‘yinida mehmon jamoa 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi. E’tiborli tomonida, «Istaravshan» safida hamyurtimiz o‘zini ko‘rsatdi - Otabek Zokirov «dubl»ga erishdi. «Esxata» - «Xo‘jand» uchrashuvi 90}3-daqiqasida urilgan yagona hal qiluvchi gol Shahzod Abdurahimov hisobiga yozildi. Shunga muvofiq, «Esxata»da o‘ynayotgan futbolchimiz o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

O‘z o‘rnida qiziqarli ma’lumot: 2 aprel kuni start olgan Tojikiston chempionatining yangi mavsumi uchun klublar tomonidan jami 59 nafar legioner ro‘yxatga kiritildi. Shundan 28 nafari o‘zbekistonlik futbolchilardir.

Tojikiston  chempionati Oliy ligasidagi o‘zbekistonlik futbolchilar

«Istiqlol»: Muhammad Isayev

«Xo‘jand»: Samandar Ochilov, Firdavs Abdusalimov, Shohruh Mahmudhojiyev

SSKA: Azamat Ahmedov

«Istaravshan»: Javohir Rasulov, Otabek Zokirov, Nodir Kamolov

«Xatlon»: Jamshid Hamidov, Rustam Qo‘chqorov

«Esxata»: Shahzod Abdurahimov, Sanjar Rixsiboyev, Shahzod Ma’murjonov, Jahongir Safarov, O‘ktam Hazratov, Dilshod Xushbakov

«Fayzqand»: Mirkomil Loqayev, Amirjon Safarov, Anvar Murodov

«Regar TaDaz»: Ja’far Ismoilov, Sergey Proxorov, Saveliy Abramov

«Ravshan»: Muhriddin Ahmedov, Zufar Akbaraliyev, Doston Berdiqulov, Javohir G‘aybullayev, Zafar Qoraqulov, Behruz Do‘stmurodov.

Bangladesh. Mahalliy Premyer-liga 10-turida «o‘zbekcha derbi» kuzatildi. Aniqroq aytsak, «Saif Sporting» - «Baridhara» o‘yi­ni (3:0)da Asror G‘ofurov va Evgeniy Kochnev o‘zaro to‘qnash kelishdi. G‘ofurov 1tadan gol va samarali uzatma muallifiga aylangan bo‘lsa, Kochnev 87-daqiqada qizil kartochka oldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:35, 07.04.2022.
O'qildi: 3072 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.