Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Beshta JCHda qatnashgan futbolchilar

Beshta JCHda qatnashgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Qatar-2022 mundiali Krishtianu Ronaldu uchun hisob bo‘yicha beshinchisi bo‘ladi. Portugaliyalik yulduz qatnashgan oldingi 4ta JCHga qarasak, u eng yaxshi natijaga birinchisida erishgan - 2006 yili yarim final. O‘shanda Krish Angliya termasiga qarshi bahsda g‘alaba keltirgan penaltini amalga oshirgandi.

Portugaliya termasi Yevropa saralash hududi «pley-off» bosqichi finalida makedoniyaliklarni ortiqcha muammosiz yengdi - 2:0. O‘yinda Brunu Fernandeshning 1-goliga hissa qo‘shgan Krishtianu Ronaldu o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda quvonchini obunachilari bilan baham ko‘rdi: «Vazifa uddalandi, biz Qatar mundialidamiz - o‘z o‘rnimizda! Barcha portugaliyaliklarga tinimsiz qo‘llab-quvvatlashgani uchun rahmat! Olg‘a, Portugaliya!» 

Xo‘sh, Krish avvalgi mundiallarda qanday karomat ko‘rsatgan yoxud ular Portugaliya futboli afsonasiga nima bergan?

JCH-2006 (Germaniya). Ronaldu uchun birinchi va hozircha eng muvaffaqiyatli chempionat. Portugallar Yevro-2004 finalidan keyin Germaniyada yarim finalga chiqishdi, ammo Fransiya termasi oldida to‘xtashdi - 0:1. Qolaversa, ular 3-o‘rin uchun bahsda mezbonlarga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ronalduning o‘ziga kelsak, u JCHdagi gollari hisobini Eron termasiga qarshi kechgan guruh o‘yinida ochdi. Chorak finalda esa o‘sha vaqtdagi klubdoshi Ueyn Runi bilan jiddiy mojaroga bordi. Eslang, Ronaldu hakamlarga qarab, Runi qizil kartochkaga munosib harakatlanganini oshkora aytgandi. «Avtobusga ketayotganimizda, Krishtianu meni to‘xtatdi va gapga tutdi: «Ri, Ueynga qo‘ng‘iroq qilib ber, u bilan gaplashmoqchiman, aslida bunday narsani rejalashtirmaganimni aytishim kerak. Xatti-harakatimda Runiga nisbatan hech qanday dushmanlik yoki yomonlik yo‘q edi. Biz bitta klubdamiz, u do‘stim». Qisqasi, Krish afsusda edi», - deya eslagandi keyinchalik Rio Ferdinand. Ronaldu o‘sha o‘yin yakunida hal qiluvchi penaltini samarali amalga oshirdi. Lekin uning yurishi shu bilan tugadi. Turnir yakunida esa eng yaxshi yosh futbolchiga atalgan sovrinni Krishga emas, Lukas Podolskiga berishdi.

JCH-2010 (JAR). Portugaliyaliklar guruh raundida KXDR termasini 7:0 hisobida yenggan o‘yinda gollardan biri Ronaldu nomiga yozildi. Biroq uning jamoasi «pley-off»ning birinchi bosqichida ispanlarga duch kelib, 0:1 hisobida yutqazdi. Xullas, Ronaldu uchun omadsiz urinish...

JCH-2014 (Braziliya). Yana bir muvaffaqiyatsiz mundial. Portugaliya termasi guruh bosqichi 1-turida nemislarga 0:4 hisobida yutqazdi va yakunda hattoki, «pley-off»ga ham chiqolmadi. Krishtianu esa JARdan Gana termasi darvozasiga urilgan yagona gol bilan qaytdi.

JCH-2018 (Rossiya). Portugallar bu safar 1|8 finalda Urugvay termasiga yo‘l bo‘shatishdi. To‘g‘ri, Ronalduning o‘zi Rossiyada ancha samarali o‘ynadi. Deylik, ispanlarga qarshi kechgan birinchi o‘yinda qoyilmaqom «xet-trik» qayd etib, 3:3 natijasini ta’minladi. Krish ayniqsa, 3-golida jarima zarbasini mukammal darajada amalga oshirdi. Ikkinchi o‘yinda esa Ronalduning tezkor goli portugallarga Marokash termasi ustidan g‘alaba keltirdi.

TARIXDA ATIGI 3 NAFAR FUTBOLCHI 5ta JCHda QATNASHGAN

Xullas, Krishtianu Ronaldu Qatar mundialiga borsa, futbol tarixida 5ta JCHda ishtirok etgan 3 nafar rekordchi qatoriga qo‘shiladi. Aytgancha, argentinalik Lionel Messida ham shunday imkoniyat bor - zamonamizning ikki asosiy yulduzi 2006 yildan buyon JCHda muntazam qatnashmoqda. Shuningdek, yana 3 nafar futbolchi joriy yil yakunida o‘z faoliyatidagi 5-JCHni qarshi olishi mumkin. Bular - Valon Behrami (Shveysariya termasi, to‘g‘ri, yarim himoyachi anchadan buyon safda emas), Andres Guardado (Meksika termasi) va Serxio Ramos (Ispaniya termasi, «PSJ» himoyachisining Qatarga borishi shubha ostida).

Futbol tarixida 5ta mundial mazasini totgan futbolchilar:

Antonio Karbaxal (Meksika terma jamoa­si), darvozabon

Yillar: 1950, 1954, 1958, 1962, 1966


Lotar Matteus
(Germaniya terma jamoasi), yarim himoyachi|himoyachi

Yillar: 1982, 1986, 1990, 1994, 1998

Darvoqe, Matteus -  jahon chempioni (1990 yil) va 2 karra kumush medal sovrindori.


Rafael Markes
(Meksika terma jamoasi), himoyachi

Yillar: 2002, 2006, 2010, 2014, 2018


Elit ro‘yxatda Janluiji Buffon ham joy olishi kerak edi, ammo afsonaviy darvozabonga omad kulib boqmadi: u 1998 yili Fransiyada o‘tkazilgan JCHga bordi, lekin maydonga tushmadi, JCH-2018da esa butun Italiya termasi bilan chetda qoldi.

Hozirda Krishtianu Ronaldu 4ta JCHda gol urishga erishgan futbolchilar qatorida. Demak, u Qatarda bu borada mutlaq rekordchiga aylanish imkoniyatiga ega.

Futbol tarixida 4ta mundialda gol urgan futbolchilar:


Pele
(Braziliya terma jamoasi)

Yillar: 1958, 1962, 1966, 1970


Uve Zeeler
(Germaniya terma jamoasi)

Yillar: 1958, 1962, 1966, 1970


Miroslav Kloze
(Germaniya terma jamoasi)

Yillar: 2002, 2006, 2010, 2014


Krishtianu Ronaldu
(Portugaliya terma jamoasi)

Yillar: 2006, 2010, 2014, 2018


A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:16, 07.04.2022.
O'qildi: 10283 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.