Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Shahram G‘iyosov va Elnur Abduraimovning raqiblari aniq bo‘ldi

Shahram G‘iyosov va Elnur Abduraimovning raqiblari aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning yengil vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (8-0, 7 KO) 7 may kuni Las-Vegasda (AQSH) professional ringda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Elnurning raqibi kubalik Manuel Korrea (11-0, 7 KO) bo‘ladi. Bu haqida Matchroom ma’lum qildi.

Abduraimov oxirgi jangini dekabr oyida Toshkentda o‘tgan boks kechasida o‘tkazib, unda filippinlik Jon Geminoni taslim etgan. Manuel Korrea esa fevral oyida braziliyalik Marselo Uilyams ustidan g‘alaba qozongan.

Shuningdek, shu kuni yana bir o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov (12-0, 9 KO) meksikalik Kristian Gomesga (22-2-1, 20 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.

Mazkur boks kechasining asosiy jangida super o‘rta vazn toifasi mutlaq chempioni Saul Alvares (57-1-2, 39 KO) rossiyalik yengilmas charm qo‘lqop ustasi Dmitriy Bivolga (19-0, 11 KO) qarshi jang qiladi. Jang yarim og‘ir vazn toifasida o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:30, 07.04.2022.
O'qildi: 2167 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик