Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Benzemaga "Oltin to‘p"ni bermaslik - bu jinoyat. Lekin bu buyuklikning homiysi Anchelotti

Benzemaga "Oltin to‘p"ni bermaslik - bu jinoyat. Lekin bu buyuklikning homiysi Anchelotti

Baho:
+ | -

Italiyalik murabbiy "Real"ni yana ajoyib jamoaga aylantirdi.

"Oltin to‘p" Karim Benzemadan boshqa futbolchiga nasib qilmaydiganda o‘xshaydi. Ayniqsa, mukofot tashkilotchilari yaqinda qoidalarni o‘zgartirgandan so‘ng va endi u kalendar yiliga emas, balki mavsum natijalariga ko‘ra beriladi. Chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi ketma-ket ikkita o‘yinda kuchli raqiblarga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etish ajoyib.

"Real Madrid"ning "Stemford Bridj"dagi g‘alabasining yana bir me’mori Karlo Anchelotti. 62 yoshli italiyalik murabbiyning faoliyati biroz muddat pasayib ketgandek tuyuldi. "Bavariya"dagi muvaffaqiyasiz mavsum, keyin "Napoli" jamoasi va prezident Aurelio de Laurentis o‘rtasidagi mojaro qurboni bo‘lgan "Everton"dagi faoliyatini ham yaxshi bo‘lgan deb bo‘lmaydi. Keyin faoliayatini to‘xtatish, nazariy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin edi. Biroq buning o‘rniga "Real Madrid"ga ikkinchi marta keldi. Yana Florentino Peres umidsizlikdan Anchelottiga qo‘ng‘iroq qildi degan tuyg‘u paydo bo‘ldi.

Hamma "Real Madrid" endi kiyinish xonasida albatta xotirjam bo‘lishini kutgandi - Anchelotti jamoada muhit yaratish va hatto yulduz futbolchilar bilan ham umumiy til topishning o‘ziga xos qobiliyatiga.

“U noyob shaxs. Va uning professional fazilatlari haqida umuman gapirishning hojati yo‘q. Karlo eng yuqori darajadagi mutaxassis. Bir tomondan, u jamoa uchun avtoritet bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u o‘zining kamtarligi bilan o‘ziga jalb qiladi", - degan edi Krishtianu Ronaldu.

Natijalar borasida ham hammasi joyida – “Real Madrid” Ispaniyada chempionlik sari dadil harakat qilmoqda va Chempionlar ligasi yarim finaliga juda yaqin turibdi. Bu yerda Anchelottining alohida xizmatlari yo‘q, deyish mumkin. La Ligada "Barselona" va "Atletiko"ning kuz-qishdagi muvaffaqiyasizliklari, Yevropada esa - 180 daqiqaning 150 daqiqasida ustunlik qilgan "PSJ"ning xatolari jamoaga yordam berdi, degan qarashlar ham. Umuman olganda, hamma narsani Benzema hal qiladi va italiyalik shunday mehribonki, u buyuk ustalarning o‘ynashiga xalaqit bermaydi. U taktika asosida o‘ynashga harakat qilganda esa, xuddi yaqinda bo‘lib o‘tgan “klasiko”dagidek, omadsizlikka uchraydi.

Anchelotti Serxio Ramos va Rafael Varan ketganidan keyin himoya markazini tiklashi kerak edi - u buni uddaladi. Ferland Mendi chap qanotga javobgar bo‘lganidan so‘ng, hech kim Marseloni eslamay qo‘ydi. Luka Modrich yana bir kuchli mavsumni o‘tkazmoqda va "PSJ"ga qarshi javob o‘yinining ikkinchi yarmi Benzemanikidan kam emasdi.

Vinisiusning taraqqiyoti davom etmoqda va uning Benzema bilan aloqasi yuqori. Va nihoyat, fransuz markaziy hujumchisining fantastik o‘yini, uning o‘zi "Chelsi" bilan o‘yindan keyin jamoadagi to‘g‘ri muhitni izohladi: "Men ishonchni his qilaman va jamoaga yordam berish uchun o‘ynayman. Anchelotti? Murabbiyimiz dunyodagi eng yaxshilaridan biri, biz unga juda ishonamiz”.

Kiritildi: 19:07, 07.04.2022.
O'qildi: 4518 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.