Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ertaga ijobiy natija uchun bor mahoratimizni ko‘rsatamiz»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ertaga ijobiy natija uchun bor mahoratimizni ko‘rsatamiz»

Baho:
+ | -

"Nasaf" ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichini Qatarning “As-Sadd” klubiga qarshi boshlaydi. Bugun esa mazkur bellashuv oldidan har ikkala jamoalar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda yarim himoyachi Sharof Muhitdinov ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: “Assalomu alaykum hammaga. Ramazon oyi barchaga muborak bo‘lsin. OCHL bu eng kuchlilar o‘ynaydigan musobaqa. Ertangi raqibimiz nafaqat guruhdagi balki turnirning favorit jamoalaridan biri hisoblanadi. Ertaga bizni oson bo‘lmagan o‘yin kutib turibdi. Biz bu bellashuvga yigitlar bilan yaxshi tayyorgarlik olib bordik. O‘ylaymanki, yigitlar ertangi bahsda ijobiy natijani qo‘lga kiritish uchun bor mahoratlarini ko‘rsatishadi“.

Sharof Muhitdinov: “Ertangi bellashuv juda qiziqarli bo‘ladi deb umid qilaman. Chunki ertangi raqibimizni butun Osiyo yaxshi biladi. Biz ham ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibga hurmat saqlagan holda ertaga yaxshi natija qayd etib, muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman".

— «Nasaf» 2011 yil OFK Kubogini, “As-Sadd” esa OCHL Kubogini qo‘lga kiritgan. OCHL bellashuvlari umuman boshqa yondashuvni talab qiladi. Bu haqida nima deya olasiz?

Ro‘ziqul Berdiyev: “O‘n yildan oshiq vaqt o‘tdi. Ko‘p narsa o‘zgardi. Biz OCHL musobaqasi darajasini yaxshi bilamiz. Bu yerda oson o‘yinlar bo‘lmaydi. O‘tgan mavsumda biz OFK Kubogi musobaqasida qatnashgandik. Shuni aniq aytamanki, OCHL turnirining darajasi ancha yuqori va OFK Kubogidan keskin farq qiladi".

— OCHL guruh bosqichi o‘yinlari markazlashgan holatda bo‘lib o‘tmoqda. Guruh bosqichining uchta bellashuvi 7 kun ichida bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yinlar sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydimi?

Ro‘ziqul Berdiyev: “Pandemiya tufayli biz bunga majbur bo‘ldik. O‘ylaymanki, bu to‘g‘ri qaror. Albatta buning qiyinchiligi bor. Ikki hafta ichida oltita rasmiy o‘yin o‘tkazish futbolchilarga qiyinchilik tug‘diradi. Biz bunga tayyorgarlik ko‘rganmiz. O‘ylaymanki, keyinchalik hammasi o‘z holiga qaytib, o‘yinlar uy-safar tizimida olib boriladi. Biz ham OCHL o‘yinlarini o‘z uyimizda, muxlislarimiz yonida o‘tkazishni juda ham xohlaymiz“.

— Sharof, siz o‘tgan mavsumda ham OCHL guruh bosqichida ishtirok etgansiz. Guruh bosqichi o‘tgan mavsumda ham markazlashgan holda o‘tkazilgan edi va bu Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgandi. Sizga o‘tgan mavsumda orttirgan tajribangizni foydasi tegdimi?

Sharof Muhitdinov: “O‘tgan mavsumda ham xuddi hozirgiday bellashuvlar Ramazon vaqtiga to‘g‘ri kelgandi. Biz ro‘za tutib futbol o‘ynaganmiz. Buning ozroq qiyinchiligi bor".

«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:02, 07.04.2022.
O'qildi: 2221 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.