"Manchester Yunayted" himoyachi Lyuk Shou bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar aprel oyida muzokaralar o‘tkazadi.
26 yoshli himoyachining “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Biroq “Manchester Yunayted” futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Shou 2014 yilning 1 iyulidan beri "MYU" safida harakat qiladi.