Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Paxtakor» birinchi o‘yinini o‘tkazganiga 66 yil to‘ldi

«Paxtakor» birinchi o‘yinini o‘tkazganiga 66 yil to‘ldi

Baho:
+ | -

1956 yil 8 aprel kuni "Paxtakor" o‘zining ilk rasmiy uchrashuvida maydonga tushgan.

1951 yil Toshkentda "Paxtakor" qishloq sport jamiyati tashkil etilgan, ammo futbol jamoasi sifatida faoliyatini "Paxtakor" 1956 yil yanvar oyidan boshlagan. Murabbiylikka "Dinamo" Moskvadagi ishi bilan tanish bo‘lgan taniqli mutaxassis Valeriy Bextenev taklif etilgan. 1955 yil Odessada bo‘lib o‘tgan qishloq jamoalari o‘rtasida Sobiq Ittifoq birinchiligida "Paxtakor" qatnashgan. Chempionatlardagi ilk rasmiy uchrashuvi esa 1956 yil 8 aprel sanasiga to‘g‘ri kelgan.

Dastlabki uchrashuvlarini O‘zbekistonning bosh jamoasi Toshkentning eski shahar qismida joylashgan "Spartak" stadionida o‘tkazgan. Chunki ayni paytda yurtimizning bosh arenasiga aylangan "Paxtakor" stadioni 1956 yilning avgust oyida ishga tushirilgan.

Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o‘tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoa bilan to‘qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yin qaydnomasi bilan tanishing:

"Paxtakor" - Perm shahri jamoasi - 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.
"Paxtakor": Pyotr Volostnov, Akmal Azizxo‘jayev, Anatoliy Kozenkov, Vitaliy Vitkalov, Idgay Tazetdinov, Qobil Muqimov, Yakov Kaprov, Laziz Maqsudov, Vladimir Kanunnikov, Aleksandr Murashov, Mixail Borkin.
Gol: Laziz Maqsudov, 44-pen.

Hozirga kelib jamoamiz 14 marta O‘zbekiston chempionatida va 13 bor O‘zbekiston Kubogida, ikki bor O‘zbekiston Superkubogi, bir martadan MDH Kubogi va Liga Kubogida zafar quchib, mamlakatimizning eng sovrindor jamoasiga aylangan. Chempionlar Ligasida ishtirok etish bo‘yicha Osiyo rekordchilaridan biri sanaladi. Ushbu turnirda jamoa ikki marta yarim finalda o‘ynagan.

Manba: pakhtakor.uz

"Пахтакор" таркибини илк бор ҳимоя қилган футболчилар:

Kiritildi: 09:39, 08.04.2022.
O'qildi: 2548 marta.
Fikrlar: 102 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.