Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Bekzod Qodirqulov: "Andijon" maydonda xohlaganini qildi, mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman"

Bekzod Qodirqulov: "Andijon" maydonda xohlaganini qildi, mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi doirasidagi “Yangiyer” – “Andijon” (1:3) uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi.

Mezbonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov mag‘lubiyat sababini quyidagicha izohladi:

- Bugun mag‘lubiyatga uchradik, bunga bahona qidirish shart emas. Ayniqsa, birinchi taymda futbolchilarimni tanimadim. Ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni oshirdik. Ammo qarshi hujumlar va standartlar orqali gol o‘tkazib yubordik. Vaholanki, uchrashuvdan avval barcha futbolchiga o‘z vazifasini batafsil tushuntirgandim. Bugun “Andijon” o‘z imkoniyatlaridan foydalanib ketdi. Mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Xato mendan o‘tdi.

“Andijon” ko‘pchilik aytganidek, faqat havodan o‘ynamaydi. Ularga imkon berilsa, pas orqali ham yaxshi o‘ynay oladi. Buni bugungi uchrashuvda ko‘rdik. Bu borada ularga imkon berdik. Hujum bilan yarim himoya chizig‘imizda bog‘liqlik yo‘q edi. Biz “Andijon” jamoasiga o‘ynashga imkon yaratib berdik. Natijada ular maydonda xohlaganini qilishdi va erkin o‘ynashdi.

Ko‘ryapsiz, beshinchi mag‘lubiyatga uchradik. Biz doim maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz. Bu chempionat bo‘ladimi yoki Kubok uchrashuvimi, farqi yo‘q. Bizga g‘alaba suv va havodek zarur edi. Ertaga yigitlar bilan o‘tirib jiddiy gaplashib olamiz.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 20:08, 08.04.2022.
O'qildi: 1164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик