"Sassuolo" yozda hujumchi Domeniko Berardini sotishga tayyor. Italiya klubi milliy terma jamoa futbolchisini 30 million yevroga baholamoqda, deya xabar beradi Calciomercato.
Hozirda Berardiga asosiy da’vogarlar - "Milan" va "Napoli". Biroq har ikki klub ham futbolchi uchun 25 milliondan ko‘proq to‘lashga tayyor emas.
Eslatib o‘tamiz, forvardning "Sassuolo" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Joriy mavsumda u Italiya chempionatida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan va 14 ta golga assistentlik qilgan.