Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Nagelsmann: "Mish-mishlarga izoh bermayman"

Nagelsmann: "Mish-mishlarga izoh bermayman"

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann «Ayaks» futbolchilari - Rayan Gravenberx va Nussair Mazrauilarning ehtimoliy transferlari haqida fikr bildirdi.

"Agar bu transferlar amalga oshsa xursand bo‘laman. Men mish-mishlarga izoh bermayman. Vaqti kelganda e’lon qilamiz. Ikkala futbolchi ham yaxshi, lekin keling, kutamiz va keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz», - dedi Nagelsman Bayern&Germany nashriga bergan intervyusida.

Gravenberx joriy mavsumda «Ayaks» tarkibida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 19 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Yarim himoyachi 35 million yevroga baholanmoqda.

Mazraui esa joriy mavsumda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 24 yoshli marokashlik futbolchining amsterdamliklar bilan shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi.

Kiritildi: 00:24, 09.04.2022.
O'qildi: 1033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик