Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Xolandga nima bo‘ldi?

Xolandga nima bo‘ldi?

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandning o‘yinida pasayish kuzatilmoqda.

Norvegiyalik futbolchi dortmundliklar safiga 2019 yil dekabr oyida qo‘shilgan va deyarli har o‘yinda samarali harakatni amalga oshirayotgandi.

Iyul oyida 22 yoshni qarshi oladigan forvard oxirgi o‘yinlarda ko‘rinmay qoldi. Ya’ni har bahsdan keyin uning nomi tabloda porlab turishini ko‘rishga o‘rganib qolgan mutaxassis, futbol muxlislari mana 5 o‘yindan beri Xolandning gol urmayotganiga guvoh bo‘lishmoqda.

Erling Bundesligada oxirgi marta gol urganiga ham 2,5 oydan oshdi. Futbol ishqibozlari Xolandning golini so‘nggi marta joriy yilning 22 yanvar kuni ko‘rishgandi. O‘shanda u «Xoffenhaym» darvozabonini ranjitgandi.

To‘g‘ri, norvegiyalik mushaklaridan olgan jarohati sababli fevral oyida o‘tkazilgan uchrashuvlarni maydonga tusha olmadi. Ammo, Kilian Mbappe bilan solishtirilayotgan hujumchi uchun 5 o‘yinda gol ura olmaslik, uning nomiga putur yetkazishi mumkin. Kecha Germaniya chempionati doirasidagi «Shtuttgart» klubiga qarshi bahsda 90 daqiqa o‘ynagan Xoland jamoadoshi Yulian Brandtning goliga assistentlik qildi.

Fevralb oyidan tashqari o‘tgan yilning oktyabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tgan bahslarda Xoland jarohat tufayli qatnasha olmagandi. Lekin, o‘shanda jarohatidan qaytishi bilan o‘zining sevimli ishi bo‘lgan gollar urishni davom ettirgandi. Bu safar esa futbolchi so‘nggi 5 o‘yinda (327 daqiqa) bitta samarali harakatni amalga oshirgan.

O‘tgan mavsumlarda Robert Levandovski bilan Bundesliga to‘purarligi uchun munosib kurashib kelayotgan Erling Xoland joriy mavsum chempionatda 19 o‘yinda 16 gol va 7 assistni amalga oshirgan.

Taqqoslash uchun, ayni paytda polshalik strayker hisobida 31 gol mavjud. 33 yoshli forvard Xolanddan deyarli 1 barobar ko‘p gol urishga erishgan.

Xoland o‘ziga kelib olishi uchun yana nechta o‘yin kifoya qilishi mumkin deb o‘ylaysiz?

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:02, 09.04.2022.
O'qildi: 3840 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик