Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Neymar va Mbappe uchtadan gol kiritgan o‘yinda Messi golli uzatma bo‘yicha "xet-trik" qayd etdi

Neymar va Mbappe uchtadan gol kiritgan o‘yinda Messi golli uzatma bo‘yicha "xet-trik" qayd etdi

Baho:
+ | -

Lionel Messi «PSJ» safida navbatdagi golli uzatmani amalga oshirdi.

Argentinalik futbolchi Liga 1 doirasida «Klermon» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinning 6-daqiqasida birinchi golni urgan Neymarga assistentlik qildi.

19 va 80-daqiqalarda Messi Kilian Mbappega golli pas berdi. Joriy mavsumda ikkinchi marta Leo bir o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirdi - u avvalroq «Sent-Etyen» jamoasiga qarshi 15-turda bo‘lib o‘tgan o‘yinida (3:1) shunday natijani qayd etgandi.

Bu 34 yoshli hujumchini Fransiya chempionatining joriy mavsumidagi 11, 12 va 13-assistentliklaridir. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilikni Mbappe bilan bo‘lishib turibdi. Fransiyalik hujumchi hisobida ham 13 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 02:00, 10.04.2022.
O'qildi: 1908 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик