"Arsenal" afsonalaridan biri Ian Rayt klubning so‘nggi paytdagi mag‘lubiyatlariga munosabat bildirdi. U shunday deydi:
"Bilasizmi, jamoaning harakati yomon emas. Faqat hujumdagi muammolar yaxshiroq ko‘zga tashlana boshladi. Bu narsa Lyakazett bilan bog‘liq. Siz uni ko‘proq gol urishini xohlaysiz. Ammo u bunday qila olmayapti. Bizga bir mavsumda hech bo‘lmasa 10-12 ta gol uradigan markaziy hujumchi kerak. Ha, Lyakazett o‘yinni yaxshi bog‘laydi. Biroq undan kutiladigan narsa gollardir".
Ayni damda "Arsenal" o‘zining eng ashaddiy raqibi bo‘lgan "Tottenxem"dan 3 ochko ortda qolmoqda.