"Borussiya Dortmund" futbolchisi uchun mavsum erta yakunlandi. Xabarlarga ko‘ra, klub yarim himoyachisi Jovanni Reyna oyoq mushaklaridan jiddiy jarohat olgan. Ushbu voqea juma oqshomida "Shtutgart"ga qarshi g‘alabali o‘yinda (2-0) yuz beradi.
19 yoshli futbolchi bundan oldin ham 3 oy davomida maydonga tusha olmagan edi. Reyna mavsum davomida barcha musobaqalarda 13 marta maydonga tushgan, xolos.