Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor - Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Qatardagi Mundialni qaysi yulduz futbolchilar o‘tkazib yuboradi?

Qatardagi Mundialni qaysi yulduz futbolchilar o‘tkazib yuboradi?

Baho:
+ | -

Joriy yil so‘nggida Qatarda futbol bo‘yicha JCH-2022 musobaqasi o‘tkaziladi. Hozir biz sizlarga ushbu turnirni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan futbol yulduzlari haqida ma’lumot berishga qaror qildik. 

Erling Xoland va Martin Edegor

Norvegiya terma jamoasi guruhda Gollandiya va Turkiyadan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Erling Xoland jarohatlar tufayli saralashning 3/2 qismini o‘tkazib yubordi. Xolandsiz terma jamoa asosiy raqiblariga qarshi o‘yinlarda ochko yo‘qotishdi (turklar bilan durang va gollandiyaliklarga qarshi mag‘lubiyat).

Xoland saralash bosqichida 5 ta gol urib, Norvegiyaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Edegor esa 10 o‘yinda 0 gol va 0 assist qayd etdi.

Endi bu super talantlar kamida 2026 yilgacha kutishlari kerak.

Muhammad Saloh

Misr jahon chempionatiga chiqish uchun pley-offda Senegalga imkoniyatni boy berdi. Yomon xabar shundaki, biz Salohni Qatardagi Mundialda ko‘rmaymiz. Yaxshisi esa Mane, Kulibali va Eduard Mendini jahon chempionatida ishtirok etishadi.

Zlatan Ibrahimovich

«Milan» hujumchisi terma jamoasiga qaytdi va JCH-2022ga borishni juda istadi. Ammo Levandovski va Polsha terma jamoasini mag‘lub etishning iloji bo‘lmadi. Zlatan bilan birgalikda jahon chempionatini Viktor Lindelyof, Aleksandr Isak, Deyan Kulushevski, Emil Forsberg va Viktor Klasson ham televizorda tomosha qiladi.

Yan Oblak

Dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri terma jamoasi bilaan hech qanday muhim turnirda ishtirok etmadi: 2010 yilgi Jahon chempionatida Xandanovich asosiy posbon hisoblanardi va shundan keyin esa Sloveniya hech qachon saralashlardan o‘ta olmadi. Bu safar Xorvatiya, Rossiya va Slovakiya guruhda Oblak va uning terma jamoasidan yaxshiroq harakat qilishdi.

Oblak 29 yoshda, shuning uchun biz uni kamida bir nechta saralashlarda yana ko‘rishimiz mumkin.

David Alaba

Alaba Yevropa chempionatida qatnashgan, lekin u hali jahon chempionatida ishtirok etmagan. Keyingi JCH oldidan David 33 yoshda bo‘ladi va hali ham unda imkon bor. Avstriyaliklar saralash bosqichida Daniya, Shotlandiya va Isroil bor guruhda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va bu jamoalardan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egalladi, lekin Millatlar Ligasi orqali so‘nggi saralash bosqichiga yo‘l oldi. Foydasi yo‘q - Alaba, Zabiser va Arnautovichni Garet Beyl boshchiligidagi jamoa kutishardi...

Italiya terma jamoasi

Yevropa chempionlari - ketma-ket ikkinchi jahon chempionatida qatnashmaydi. Yulduzlar ro‘yxatini uzoq davom ettirish mumkin: Donnarumma, Bonuchchi, Kyellini, Jorjinyo, Barella, Verratti, Kyeza, Immobile, Insinye va bu futbolchilarning hech biri Qatardagi Mundialda qatnashmaydi.

Patrik Shik

O‘tgan yilgi Yevroning eng yaxshi to‘purari jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Achinarli tomoni shundaki, Patrik jarohati tufayli Shvesiyaga qarshi pley-offni o‘tkazib yubordi. Agar, u maydonga tushganida, ehtimol, terma jamoasini keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin edi. Sababi u hozirda ajoyib formada va Bundesliga to‘purarlik poygasida ikkinchi o‘rinda ketmoqda (20 o‘yinda 20 gol).

U bilan birga «Vest Xem»ning futbolchilari Souchek, Soufal va Kral ham Mundialsiz qolib ketishdi.

Edin Jeko

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi sardori klubi safida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Ammo «Inter» futbolchisi butun saralash bosqichidaatigi bitta gol urdi (hatto Pyanich hisobidagi gollar soni 2 ta). Asosiy yulduzning bunday o‘yini bilan jahon chempionatiga chiqish qiyin

Genrix Mxitaryan

Armaniston terma jamoasining yulduzi saralash boshlanishini o‘tkazib yubordi va uning jamoasi uchta o‘yinda uchta g‘alaba qozondi. Keyin Mxitaryan qaytdi: 4 mag‘lubiyat, 3 durang va guruhda to‘rtinchi o‘rin.

2022 yilning mart oyida Genrix terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 

Boshqa qit’alarda ham yo‘qotishlar bor.

Solomon Rondon

Venesuela Janubiy Amerika qit’asi saralashida so‘nggi o‘rindan joy oldi. Hatto Rondon ham o‘z jamoasiga yordam bera olmadi.

Luis Diaz

«Liverpul»ning yorqin futbolchisi JCH-2022ga ham bormaydi. Kolumbiyaliklarga pley-offga chiqish uchun bir ochko yetishmadi. Vilmar Barrios, Luis Muriel va Davinson Sanches ham Mundialdan quruq qolishdi.

Arturo Vidal

Chili terma jamoasi ketma-ket ikkinchi jahon chempionatini o‘tkazib yubordi. Ular 2018 yilda ham Rossiyadagi musobaqada ishtirok etishmagan. Arturo Vidal, Gari Medel va Aleksis Sanches kabi terma jamoa yetakchilariga jahon chempionatida boshqa ishtirok etish nasib qilasa kerak.

Eldor Shomurodov

Osiyoning asosiy yo‘qotishi - O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi. Eldor chinakam harakat qildi – saralashda uning hisobida 7 ta gol bor. Ammo bu vakillarimizga hatto saralashning keyingi bosqichiga chiqish uchun ham yetarli emas edi.

Sebastyan Aller

Biz Afrikaga ketyapmiz. U yerda joriy mavsumning to‘purarlaridan biri Sebastyan Aller boshchiligidagi Kot-d’Ivuar musobaqadan quruq qoldi. «Ayaks» hujumchisi hisobida 33 ta gol bor, ammo saralashda terma jamoa uchun atigi ikkita gol urishga erishdi. Ular hatto pley-offga ham chiqa olishmadi. Aller bilan birgalikda Zaa, Kessie, OrYE, Bayi va Nikolas Pepe ham JCHni televizor orqali tomosha qilishadi.

Pyer-Emerik Obameyang

Gabon ivuarliklar bilan bir bosqichda chiqib ketishdi. Obameyang saralash bosqichida terma jamoa safida yaxshi o‘ynadi, ammo keyin turli muammolar (jumladan, tartib-intizom) tufayli butun Afrika kubogini o‘tkazib yubordi. Endi Pyer-Emerikning klubdagi ishlari yaxshi, ammo endi kech edi.

Riyad Mahrez

«Manchester Siti»ning jazoirlik futbolchisi Riyad Mahrez va uning hamyurtlari Kamerun bilan birgalikda jahon chempionati yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishdi.

Viktor Osimxyen

Nigeriyaliklar Ganaga o‘z yo‘llanmasini berib qo‘yishdi. «Napoli» to‘purari o‘z jamoasiga yordam bera olmadi. Terma jamoaning ikkinchi yulduzi bo‘lgan «Lester» vakili Uilfred Ndidi jarohati sabab hal qiluvchi o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.

Nabi Keyta

«Liverpul» va Gvineya terma jamoasi yarim himoyachisi ham Mundialda o‘ynamaydi. Ushbu terma jamoa tarkibida «Klermon»hujumchisi Mohamed Bayo, «Roma» yarim himoyachisi Amadu Diavara, «Lokomotiv M» a’zosi Fransua Kamano va Pol Pogbaning ukasi borligini ta’kidlash kerak.

***

Yevropadan 2022 yilgi jahon chempionatini yana bir nechta yulduzlari — Endri Robertson / Aleksandr Zinchenko / Garet Beyl kabi futbolchilardan biri o‘tkazib yuboradi. Qit’alararo pley-offda Kosta-Rika va Yangi Zelandiya o‘yinida har ikki jamoa yulduzlaridan biri Keylor Navas yoki Kris Vud o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Peru — BAA/Avstaraliya g‘olibi ham JCHda o‘ynaydi.

Kiritildi: 21:23, 12.04.2022.
O'qildi: 1162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.