Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Legionerlarimizda nima gaplar: OCHLda birin-ketin gollar

Legionerlarimizda nima gaplar: OCHLda birin-ketin gollar

Baho:
+ | -

Qozog‘iston. QPL 5-turidan o‘rin olgan «Qayrat» - «Kaspiy» o‘yini taqdirini mezbon jamoa urgan yagona gol hal qildi. Biroq jamoadagi legionerimiz Jasur Jaloliddinov bu safar maydonga tushmadi. «Qayrat» shu bilan o‘z ochkolari sonini 11taga yetkazib, turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarildi. 3:1 hisobida yakunlangan «Ordabasi» - «Tobol» o‘yinida mehmon jamoa golini milliy jamoa­miz hujumchisi Igor Sergeev urdi. «Ordabasi» himoyachisi Odil Abdumajidov esa g‘alabaga to‘liq vaqt davomidagi faolligi bilan hissa qo‘shdi.

Belarus. «Energetik-BGU» Belarus Oliy ligasi 3-turida «Slusk»ni qabul qilib, 1:1 hisobi bilan cheklandi. Avvalgi 2ta turda 2tadan gol urib, «talabalar» g‘alabasini ta’minlagan hujumchimiz Bobur Abduxoliqov bu safar maydonda 75 daqiqa harakatlandi, ammo raqib darvozasiga yo‘l topolmadi. «Energetik-BGU» safidagi boshqa legionerlarimizga kelsak, himoyachi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa, yarim himoyachi Shohruh Abdurahmonov 75 daqiqa to‘p surdi. Yarim himoyachi Abbos Jumaqulov esa zaxirada qoldi.

Rossiya. «Nijniy Novgorod» RPL 24-turida Moskva «Dinamo»sini qabul qilib, 0:1 hisobida yengildi. Jamoa himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev jarohat tufayli bu uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Darvoqe, Ibrohimxalil «Nijniy Novgorod»ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. O‘zbekiston termasi chap qanot himoyachisi muxlislar o‘rtasidagi so‘rovda 714 (55,35 foiz) to‘plab, darvozabon Artur Nigmatullin (30,47 foiz), himoyachi Kirill Gosuk (6,82 foiz) va yarim himoyachi Nikolay Kalinskiy- (3,8 foiz)ni ortda qoldirdi. «Ufa»ga kelsak, Boshqirdiston klubi 24-turdan o‘rin olgan «Sochi»ga qarshi uy uchrashuvini Oston O‘runovsiz o‘tkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Italiya. «Roma» o‘tgan hafta o‘rtasida YEL chorak finali doirasida «Bude-Glimt» klubi mehmoni bo‘lib, so‘nggi daqiqalarda qo‘yib yuborilgan gol tufayli mag‘lubiyatni tan oldi - 1:2. Eldor Shomurodov Norvegiyadagi uchrashuvning 65-daqiqasida Genrix Mxitaryan o‘rniga tushdi. Rimliklar yakshanba kuni «A» seriya 32-turida «Salernitana» bilan kuch sinashib, irodali g‘alabani tantana qilishdi. Eldor bu safar o‘yinga 70-daqiqada qo‘shildi. «Roma»ning hujum harakatlari aynan shundan so‘ng ancha faollashganini alohida aytish joiz.

OCHLda GOLLAR

OCHL «G‘arb» mintaqasi guruh bosqichi 1-turida 3 nafar legionerimiz o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi:

Otabek Shukurov «Al Hilol» - «Sharja» o‘yinining 7-daqiqasida mehmonlarning javob goliga mualliflik qildi - qoyilmaqom zarba. Biroq yakunda «Sharja» mag‘lubiyatni tan oldi - 1:2.

Muhammad Isayev «Istiqlol» (Tojikis­ton)ning «Al-Rayyan» klubiga qarshi o‘yini 67-daqiqasida superzarba evaziga raqib darvozasi «to‘qqiz»ligini nishonga olib, hisobni 2:2ga o‘zgartirdi. Biroq qatarliklar keyinchalik 3-golni urib, g‘alabani ilib ketishdi. Isayevning o‘zi OCHLdagi debyut o‘yinida urgan ushbu golini faoliyatidagi eng chiroylisi sifatida ta’rifladi.

Aziz G‘aniyevning goli esa «Shabab Al-Ahli»ga «Ahal» bilan o‘yinda 1 ochko keltirdi - 1:1. Hamyurtimiz 79-daqiqada penaltidan foydalanishdan tashqari, uchrashuvda sariq kartochka ham oldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:58, 13.04.2022.
O'qildi: 2840 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.