Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Chempionlar jangi. Ispaniya chempioni APL g‘olibiga qarshi

Chempionlar jangi. Ispaniya chempioni APL g‘olibiga qarshi

Baho:
+ | -

O‘tgan yili o‘z ichki chempionatlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ikki jamoa bu yili Yevropaning eng nufuzli turnirida, shu kecha tunda to‘qnash keladi. Birinchi uchrashuv 6-aprel kuni o‘tkizilgan bo‘lib, unda mezbonlar "Manchester Siti" "Atletiko Madridni" kichik (1:0) hisobida mag‘lub etgan.

Bu bahsdan futbol muxlislari juda ko‘p narsalar kutmoqda, o‘yinga bo‘lgan e’tibor juda ham katta. Sababi "Atletiko" va "Manchester Siti" o‘rtasida qarama-qarshiliklar ko‘p. Biri olov bo‘lsa, biri muz. Biri bahor bo‘lsa, biri yoz. "Atletiko" himoyaviy o‘yinni tanlasa, "Manchester Siti" doim o‘yinni nazorat qilib, hujumkor o‘yin ko‘rsatishni afzal bilgan. Ta’kidlab o‘tish joizki, ikkala jamoa ham o‘zi tanlagan uslub bo‘yicha dunyoning istalgan jamoasiga mahorat darsi o‘ta oladi.

MMAni tushunmagan odam Habib Nurmuhammedovni yoqtirmaydi, futbolni tushunmagan odam esa "Atletiko"ni. Chunki, tushunmagan odamga ikkisining harakatlari zerikarli tuyuladi. Lekin haqiqiy futbol ixlosmandi uchun "Atletiko"ning himoyalanishi bu — san’atdir.



Avvalgi uchrashuvda "Atletiko" himoyaviy o‘yinning eng yuqori darajasini ko‘rsatib berdi. To‘g‘ri, mehmonlar bitta gol o‘tkazib yubordi, lekin bu hali hech narsa hal bo‘lmaganini, hamma narsa ikkinchi o‘yinda aniq bo‘lishiga dalolat qiladi.

Bugun biz vaxshiylashgan, golga tashna bo‘lgan "Atletiko"ni ko‘ramiz, faqat, bitta gol urguniga qadar. Mezbonlar agar hisobda oldinga chiqib olishsa, yana himoyaviy o‘yinga o‘tadi, jamoa o‘z "tarelkasi"ga qaytadi. Yana qarshi hujumda o‘ynaydi. Felishdek uchqur tulpori bor Simeone qarshi hujum markabiga minadi.

Gvardiola o‘z jamoasi bilan ichki chempionatda bir necha bor sovrinni qo‘lga kiritib bo‘ldi. Gvardiola ushlay olmayotgan eng katta o‘lja bu - Yevropa chempionlar ligasining bosh sovrinidir. Avvalgi yili jamoa sovringa bir qadam qolganda, so‘nggi to‘siqdan o‘ta olmay, ikkinchi o‘rinni egallagandi. Bu yili esa "shaharliklar"ning niyati ancha jiddiy. Muxlislar ham, rahbariyat ham Pepning qarshisiga shu sovrinni qo‘lga kiritishni ko‘ndalang qo‘yishgan.



Gvardiolaning "Manchester Siti"si hech qachon raqibga moslashmaydi, raqib ularga moslashadi. Lekin bugun ozgina istisno sodir bo‘lishi mumkin. "Siti" bu safar gol urishdan ko‘ra, o‘tkazib yubormaslikka ko‘proq tirishadigandek go‘yo. Gvardiola Simeoneni juda yaxshi taniydi, uning uslubini ham. Agar madridliklar hisobni ochib olishsa, avvalgi o‘yinning ssenariysi takrorlanishi mumkin.

Javob uchrashuviga kelishdan avval "Siti" o‘zining eng yaqib ta’qibchisi bilan durang o‘ynab, deyarli naqd bo‘lgan chempionlikni nasiyaga aylantirdi. "Atletiko" esa bor e’tiborini shu o‘yinga qaratgani uchun "Malyorka" tarafidan jazolandi. Ikkisi ham bu o‘yinga qattiq tayyorgarlik ko‘rgan, g‘alabani qo‘lga kiritadigan jamoa ko‘p qon to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Avazbek Mirsaitov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:20, 13.04.2022.
O'qildi: 2869 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.