"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar ligasi 1/4 finalining "Real"ga qarshi javob uchrashuvidagi (3:2) hakamlar ishiga izoh berdi.
"Real"ga qarshi o‘ynaganingizda, hakamlardan jasorat kutmasligingiz kerak. Men dastlabki o‘yinda ham javob o‘yinida ham kichik-kichik xatolarni ko‘rdim", - dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinni fransiyalik Kleman Tyurpen boshqargan bo‘lsa, ikkinchi bahsda polshalik Shimon Marchinyak hakamlik qildi.













