Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 00:00 Malaga - Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

Dilyaver Vaniyev: "G‘ijduvon" hali ko‘p jamoalarga "boshog‘riq" bo‘ladi"

Dilyaver Vaniyev: "G‘ijduvon" hali ko‘p jamoalarga "boshog‘riq" bo‘ladi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "G‘ijduvon" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugungi uchrashuv haqida aytadigan bo‘lsam, qiziqarli o‘yin guvohiga aylandik. Har ikki jamoa ham faollik ko‘rsatdi. O‘z o‘yinimizdan qoniqish hosil qilgan va qoniqmagan jihatlarim bor. Xavfli vaziyatlar yaratish borasida jamoamiz vakillari juda yaxshi harakat qilishdi. Biroq hujumlarni yakunlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ydik.

- O‘tgan turda G‘ijduvon" shu maydonda "Qo‘qon-1912"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgandi. "Mash’al" ham Superliga havosidan bahramand bo‘lgan klub. Nega "G‘ijduvon" bugun mag‘lub etilmadi?

- Hozir bizda futbol yaxshi rivojlanib borayapti. Hech bir natijani oldindan aytish qiyin. Masalan kecha "Zomin" Superliga vakili "Lokomotiv" bilan 2:2 hisobida o‘ynadi. "G‘ijduvon" yomon jamoa emas. Balki ularning natijalari chempionat doirasida yomonroq ko‘rinayotgandir. Jiddiy tahlil qilsangiz, bu jamoa Pro-liganing navbatdagi tur uchrashuvlarida har qanday jamoaga "boshog‘riq" bo‘la oladi.

- Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilarning o‘yinlaridan qoniqdingizmi?

- Biz zaxiradan 2004 yilda tug‘ilgan futbolchilarni maydonga tushirdik. Akademiyamiz tarbiyalanuvchilariga imkoniyat berayapmiz, ularga o‘yin amaliyoti va tajriba kerak.

- Ukrainalik legionerning o‘yini haqida fikringiz qanday?

- Mikola Agapov ancha muddat futboldan chetda qolgan, mashg‘ulotlar o‘tkazmagan. FIFA ukrainalik futbolchilarga transfer borasida imkoniyat bergach, u tarkibimizga kelib qo‘shildi. O‘yindan-o‘yinga moslashib boradi. To‘pni o‘zida saqlashi, vaziyatlar yaratishi bilan alohida ajralib turdi. Biz unga maydondagi taktik vazifalarini ham tushuntirib borayapmiz.

Manba: "Машъал" матбуот хизмати
Kiritildi: 23:27, 13.04.2022.
O'qildi: 855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик