Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Ernan Krespo «Paxtakor» haqida iliq fikr bildirdi

Ernan Krespo «Paxtakor» haqida iliq fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Qatarning "Ad-Duhayl" klubi bosh murabbiyi Ernan Krespo Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ertangi raqibimiz — "Paxtakor" birinchi turda Eronning "Sepahon" klubiga yutqazganiga qaramay, ikkinchi turda Saudiya Arabistoni jamoasini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bois, bu galgi o‘yinimiz oson bo‘lmaydi.

Biz "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. Bunday bahslarda konsentrasiya juda muhim ahamiyatga ega.

"Paxtakor" tarkibi barqaror futbolchilardan tuzilgan. Jamoaning himoyadagi futbolchilari jipslashgan holda harakat qilishadi. Shuningdek, qanotdagi tezkor yarim himoyachilar hujumga faol qo‘shilishadi. Bundan tashqari, klub hujumchilari kuchli.

Bizning himoyamiz ham kuchli. Shu bois, "Paxtakor" kabi jiddiy raqibga qarshilik ko‘rsata olamiz", — dedi argentinalik mutaxassis.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:11, 14.04.2022.
O'qildi: 5148 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик