Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Diyor Imomxo‘jayev Mirjalol Qosimovning tanqidini javoban «Xorazm» klubi maydoni haqida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev Mirjalol Qosimovning tanqidini javoban «Xorazm» klubi maydoni haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov kecha Xorazmdagi sun’iy maydon haqida fikr bildirib o‘tdi. Bizga aynan shu kerak.

Superliga va kubok boshqa-boshqa musobaqa. 2022 yildan boshlab projektori talabga javob bermaydigan Superliga klublari uy uchrashuvlarini o‘tkaza olmayapti: "Surxon", "Olimpik" va "Qo‘qon-1912". AGMK va "Metallurg" shu yilning o‘zida projektorini yaxshilashi shart.

"Qizilqum, "Surxon", AGMK, "Olimpik", "Neftchi" maydonlari bu yil yaxshi bo‘ladi. Mazkur holatda bizda faqatgina 1 ta muammoli maydon qoladi — "So‘g‘diyona". Biroq jizzaxliklar ham 2023 yilgacha gazonni talab darajasiga keltirmasa, u yerda ham o‘yinlar bo‘lmaydi.

Kubokda esa darajasi turlicha klublar to‘qnash keladi. Biz bosqichma-bosqich Ikkinchi liga yetakchilariga ham katta klublar bilan o‘ynash imkonini berdik. O‘sha Xorazm va o‘sha Nukusdagi futbol muxlislari ham katta o‘yinlarni, katta jamoalarni ko‘rishga haqli. Katta jamoalarning kelishi esa muammolarning tezroq yechim topishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham Qosimov kabi mutaxassislarning fikri bizga as qotadi.

Ha, Xorazmdagi stadion juda yomon. Ammo biz indamay Pro ligada yurgan klubni birdaniga chopib tashlay olmaymiz. Talab bosqichma-bosqich qo‘yilishi kerak. Aytaylik, kecha O‘FA viloyat hokimiga qandaydir xizmatlari uchun nishon berdi. Bu yaxshi qadam. Ko‘kragiga futbolning o‘sha nishonini taqqan kishi, ketidan Qosimov kabi dunyo ko‘rgan kishining Xorazm maydoni haqidagi fikrlarini o‘qiydi va katta ehtimol bilan viloyat paysalga solib yotgan katta stadionni bitirish ishlarini tezlashtiradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston kubogida biz o‘yinlarni ko‘chirmaymiz. Kubokda tajribasizlar tajribalilardan o‘rganishi, o‘rnak olishi biz uchun juda muhim.  

2021 yilda Xorazmga "Qizilqum" bordi, "Aral"ga esa "Lokomotiv" va "Andijon". Bu yil ular safiga AGMK qo‘shildi. Balki kelasi mavsumda "Nasaf" yoki "Paxtakor" o‘sha yerlarda mehmon bo‘lar. Unga qadar talablar Pro ligada ham ma’lum nuqtaga yetgan bo‘ladi.

Diyor Imomxo‘jayev.

P.S. Biz maydonga talab qo‘yayotganda iqlimni ham albatta inobatga olamiz. Hozircha Xorazm va Qoraqalpog‘iston sun’iy maydondan foydalanishi normal holat. Kelajakda ham bu ish davom etishi mumkin. Biroq talab FIFA normalariga javob beruvchi sun’iy maydon bo‘ladi. Unday sun’iy maydonda esa hatto Yevropa klublari ham mashg‘ulot o‘tkazib turadi. Shunchaki biz past sortli sun’iy maydonlarga o‘rganib qoldik. Albatta unday maydonlar futbolchilar salomatligiga katta ziyon keltiradi. FIFA talabidagi esa bunday bo‘lmaydi.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 18:07, 14.04.2022.
O'qildi: 3309 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.