Xabaringiz bor, 11-aprel kuni Meksikada tennis bo‘yicha “Challenger” tasnifiga kiruvchi “San Luis Potosi” turniriga start berilgan edi. Mazkur turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
ATP reytingida 296-o‘rinda borayotgan Istomin reytingda 143-o‘rinni egallab turgan amerikalik tennischi Ernesto Eskobedoga qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuvda hamyurtimiz amerikalik raqibidan 4:6, 6:4, 3:6 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi.
Natijada, o‘zbekistonlik tennischi Meksikadagi turnirning 1/8 finalidayoq ishtirokini yakunlandi.
Ma’lumot uchun, “San Luis Potosi” turniri g‘olibi 17-aprel kuni aniqlanadi.