Ijtimoiy tarmoqlarda "Bavariya"ning 2022/23 yilgi mavsum uchun uy libosi suratlari paydo bo‘ldi.
Formaning o‘ziga xos xususiyati turli qalinlikdagi va bir-biridan turli masofalarda joylashgan gorizontal oq chiziqlar bo‘ladi.
Klubning texnik homiysi an’anaga ko‘ra adidas hisoblanadi va T-Mobile logotipi ko‘kragiga joylashtiriladi. Futbolkaning chap yengida homiy Qatar Airwaves logotipi joylashgan.