Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

"Bavariya" ham bu futbolchi uchun kurashga qo‘shildi

"Bavariya" ham bu futbolchi uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hali ham "Torino" himoyachisi Gleyson Bremer uchun kurashishga tayyor, deya xabar beradi La Gazzetta dello Sport.

Manba bergan xabarga ko‘ra, myunxenliklar klubi Bremerni yozda Dortmundning "Borussiya" jamoasiga ketadigan Niklas Zyule o‘rniga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Mavsumni yaxshi o‘tkazayotgan “Torino” himoyachisini sotib olmoqchi bo‘lgan klublar yetarlicha. Turin klubi asosiy futbolchisini 50 million yevroga sotmoqchi.

25 yoshli braziliyalik futbolchi 2018 yilda “Atletiko Mineyro”dan 5,8 million yevro evaziga “Torino”ga o‘tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Bremer joriy mavsumda klub safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining narxi 30 mln yevroga baholagan.

Kiritildi: 12:37, 15.04.2022.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик