Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Shuhrat Maqsudov: "Nima uchundir hamma "Bunyodkor"ga yopishib olgan"

Shuhrat Maqsudov: "Nima uchundir hamma "Bunyodkor"ga yopishib olgan"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Avvalambor assalomu aleykum. Bugun shunday jangovar o‘yin bo‘lishini bilgan edik. Chunki kubok bahslari doim yuqori ruhda o‘tadi. Ikki jamoa ham bugun keyingi bosqichiga chiqish yo‘llanmasini hal qilishi mumkin edi. Havotir olgan jihatim, yigitlarning ruhiyati. Avvalgi uchta o‘yinni, safarda "Metallurg"ni mag‘lub etganimiz qaysidir ma’noda xotirjamlik berdi. Shuning uchun futbolchilar bemalol harakat qilamiz, degan fikr ostida maydonga chiqishdi shekilli. Har bir raqibga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak.

- Dilshod Jo‘rayevning erta almashtirilishiga batafsil izoh bera olasizmi?

- U boshidanoq o‘yinga yaxshi kirishib keta olgani yo‘q. Bir nechta qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Murabbiylar shtabi bilan maslahatlashib almashtirishga qaror qildik. Buni yana ko‘rib chiqamiz.

- Balki ichki muhitga bog‘liqlik joyi bordir? Negaki, Tomiva va Jo‘rayev penalti talashgan vaziyatdan so‘ng ko‘pchilikda shunday fikrlar uyg‘ondi...

- Menimcha har bir o‘yinda bunday vaziyatlar uchraydi. Nima uchundir hamma "Bunyodkor"ga yopishib olgan. Kunduz kuni ham tirnoqni ichidan kir qidirishadi. Yil yakunida terma jamoamiz ham musobaqadan qolib ketsa, shu mavzuni axtarishlari kulguli. Hech narsa bo‘lgani yo‘q. Ochig‘i tushunmadim. "Bunyodkor"da hammasi yaxshi. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytdim. O‘zimiz o‘ynagan bahslardan misol keltirdim. Faqat yutaversangiz qizig‘i qolmaydi. Futbolda g‘alaba, mag‘lubiyat, tortishuvlar bo‘lishi tabiiy. Futbol shahmat emas-ku.

- Himoyachi o‘rniga Muzaffar Olimjonovni tushirdingiz. Bu hujumni kuchaytirishi kutilgandi...

- Rejamiz ham shunday edi. Oldindan yiqilishimni bilganimda ko‘rpa qo‘yib olardim. Bu - futbol. Afsuski, zaxiradan tushganlar o‘tgan safardagidek o‘yinni kuchaytira olishmadi. Haqiqiy yuragi toza inson bu narsalarni yaxshi tushunadi.

Kiritildi: 23:59, 15.04.2022.
O'qildi: 1184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик