Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Raqiblar: Mbappega raqobatchi bo‘la oladigan fransuz hujumchisi borligini bilarmidingiz?

Raqiblar: Mbappega raqobatchi bo‘la oladigan fransuz hujumchisi borligini bilarmidingiz?

Baho:
+ | -

Jan-Pyer Papen Fransiya futboli tarixidagi barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan. Yosh bo‘lishiga qaramay, aynan shu atamani Kilian Mbappega nisbatan ham ishlatishimiz mumkin. Ushbu ikki futbolchining qay biri yaxshiroq natijalarga ega (bo‘lgani) ekanini bilish uchun, ularni solishtirib ko‘rish talab etiladi. Bu borada "PSJ" hamda "Marsel" yulduzlarini har tomondan tahlil qilishga harakat qilamiz.

1. To‘purarlik

E’tirof etish kerakki, Kilian Mabappening yaqin yillarda ko‘rsatayotgan sermahsulligi tahsinga loyiq. U allaqachon "Pari Sen-Jermen" tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purarga aylanib ulgurgan (etkachi: Edinson Kavani 200 ta gol). Agarda fransuz iqtidorining so‘nggi 12 oy ichidagi o‘sishiga qarab baho bersak, u kelayotgan yaqin yillarda hozirgidan ham yaxshiroq natijalarga erishishini taxmin qilish mumkin bo‘ladi.
Shunday fantastik natijalarga qaramay, bu borada Pepenni quvib o‘tish oson bo‘lmaydi. "Kichkina shahzoda"ning Fransiya chempionatida ko‘rsatgan natijalari shundan darak bermoqda:

- 4 ta mavsumda ketma-ket 30 ta va undan ko‘p gol urish;
- 5 marta ketma-ket Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purari sovrini.

Papen o‘z davrining nafaqat goleadori edi, balki assistentlik borasida ham katta yutuqlarga erishgandi. Shu sabab bu borada Papenni tengsiz deb atashga majburmiz.

2. Atletizm

Sportchining jismoniy holati haqida gap ketganida, hamma buyuklarni bu ro‘yxatga kirita olmaysiz. Bunga Ronaldoning tizzasidan olgan jarohati va faoliyatining so‘nishini misol qilib keltirishimiz mumkin. Biroq, Mbappe bu borada o‘zgacharoq. "PSJ" tarkibidagi eng xavfli hudumchi, dunyo futbolida o‘z atletizmi, xususan, tezligi bilan ajralib turadi. Shu sabab, kategoriyaning ushbu yo‘lida Kilian Mbappening tengsizligini ye’tirof etish lozim.

3. O‘yin taqdirini hal qilish

Pepen "Marsel" safidagi eng katta ta’sir doirasiga ega futbolchi edi. U jamoasini ko‘p vaziyatlardan olib chiqib ketgan. Uning to‘rt karra Fransiya chempioni bo‘lgani, buni ko‘rsatib turibdi. Shuningdek, Papen Yevropa chempionati finalida ham harakat qilgan. Ammo Mbappe Jahon chempionati yarim finalida gol urishga erishgan. Shu sabab u bu kategoriyada ustunlikka ega. 24 yoshli hujumchi o‘z faoliyati davomida faqat bitta mundialda ishtirok etganiga qaramay, Jahon chempionatining pley-off bahslarida Ronaldu va Messining natijalaridan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega (qo‘shib hisoblaganda). Shunday ekan, Mbappe so‘zsiz bu borada ustunlikka ega.

4. Klubdagi faoliyat

"Marsel" safida sevib-ardoqlangan, olqishlangan futbolchilarning eng yaxshisi Papen sanaladi. Hujumchi deyarli klub tarixidagi yagona "oltin davr"ning yaratuvchisi edi. Shu sabab jamoa muxlislari hech qachon uni esdan chiqarmaydi. 90 yillarda Yevropa qit’asini to‘lqinlantirgan shaxslar ichida Papen ham ye’tirof etiladi.
Kilian Mbappe "PSJ" tarixidagi eng yaxshi va yosh futbolchi bo‘lishi mumkindir. Ammo futbolchining klubdan ketishga intilishi, muxlislar tomonidan yaxshi qabul qilinmaydi, albatta. Agar u jamoadan ketsa, parijlik muxlislar uni hurmat bilan tilga olishini tasavvur qilish juda qiyin ishga aylanadi. Papen esa o‘z umrini bir klubga baxshiyda etgan edi va bu ish uni g‘olibga aylantirdi.

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 15:17, 16.04.2022.
O'qildi: 4133 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик