Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Real"da "Roma" afsonasi, yulduzlarsiz "Barselona"... Tarixga ta’sir qiluvchi transferlar top-10

"Real"da "Roma" afsonasi, yulduzlarsiz "Barselona"... Tarixga ta’sir qiluvchi transferlar top-10

Baho:
+ | -

Futbol transferlar bilan ham qiziq. Ayniqsa amalga oshgan transferlar jamoaga yangicha rux va uslubni olib keladi. Ammo, shunday transferlar borki, ular amalga oshmagan. Ushbu transferlar ushalganda, tarix boshqacha bo‘lardi. Albatta bular siz uchun qiziq. Quyida bir-biridan qiziqrli amalga oshmagan transferlar, ularning vujudga kelishi va tarixga qanday ta’sir o‘tkazishi mumkinligi haqida bilib olasiz.

Luish Figu

Transfer: “Sporting”dan “Parma” yoki “Yuventus”ga

Qachon: 1995 yil

U qayerga keldi: “Barselona”

Bu qanday sodir bo‘ldi. Lissabonning “Sporting” yulduzi to‘qsoninchi yillardagi Yevropaning asosiy ligasi – A Seriyada bo‘lishi kerak edi. Lekin yo ochko‘zlik tufaylimi, yo ahmoqlik tufayli Figu birdaniga ikkita shartnoma imzoladi – “Yuventus” va “Parma”. Jarayon natijasida portugaliyalik futbolchiga ikki yilga A Seriya klublariga o‘tish taqiqlandi. Shundan so‘ng u "Barselona" futbolchisiga aylandi.

Nima bo‘lishi mumkin edi: "Yuventus" Figusiz o‘sha yillarda Skudetto va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqandi. Balki Luisning borligi “Parma”ga haligacha 1997 yilda, salibchilarga ozgina etishmayotgan paytda liga chempionligiga yordam bergan bo‘lardi.

Lekin bir narsa aniq – agar Figu Italiyaga borsa, Florentino Peresning “Galaktikos” loyihasi boshqa birovdan boshlanar, Mikael Laudrup esa baribir “Barselona”ning zamonaviy tarixidagi asosiy Iuda o‘rnini egallagan bo‘lardi.

Ronaldinyo

Transfer: “PSJ”dan “Manchester Yunayted” yoki “Real Madrid”ga

Qachon: 2003 yil

U qayerga keldi: “Barselona”

Bu qanday sodir bo‘ldi: 2003 yilda "Barselona" faqat Chempionlar ligasi uchun kurashayotgan qiyin vaqtdan keyin kun yorug‘iga kirishga harakat qildi. O‘shanda prezidentlikka nomzod Joan Laporta saylovchilarga Devid Bekxemni sotib olishga va’da bergan, garchi aslida ingliz "Real Madrid" vakillari bilan og‘zaki kelishuvga erishgan bo‘lsa-da. Bu shunchaki PR, shaxsiy narsa emas.

Xo‘sh, parallel ravishda "Barselona" o‘sib borayotgan yulduz sababli “PSJ” bilan muzokara olib bordi. Parijliklar bilan qiyin muzokaralarda “Blaugranas”ga Laportaning yordamchisi Sandro Roselning Braziliya bozoridagi aloqalari yordam berdi. Bekxemga o‘rinbosar izlayotgan "Manchester Yunayted" Ronaldinyoga da’vogar edi. Mish-mishlarga ko‘ra, Peres braziliyalikdan faqatgina "Real Madrid uchun juda xunuk" bo‘lgani uchun rad javobini bergan.

Nima bo‘lishi mumkin edi. "Real Madrid"da Ronaldinyo bunchalik yorqin porlamasdi. Birinchidan, u allaqachon super yulduzlar bilan to‘lgan edi. Ikkinchidan, aynan o‘sha paytda "Galaktikos" loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan va hech qanday holatda hujumkor o‘yinchilarning kerak bo‘lmagani tufayli. Ronaldinyo Klod Makelelening ketishi va sifatli himoyachilar yetishmasligidan keyin tayanch zonasidagi teshikni tuzata olmasdi.

R10 ning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi qiziq bo‘lardi, unda Krishtianu Ronalduning Yevropadagi katta karyerasi boshqa joydan boshlanishi kerak bo‘lardi.

Andres Inyesta

Transfer: “Barselona”dan “Reynjers”ga

Qachon: 2004 yil

U qayerda qoldi: “Barselona”da qoldi

Bu qanday sodir bo‘lgan. "Reynjers" bosh murabbiyi Aleks Makleysh o‘sha paytdagi pleymeyker Barri Fergyusonni "Blekbern"ga qo‘yib yuborgandi va uning o‘rnini bosadigan odam qidirayotgan edi. Glazgo klubi "Barselona" bilan ishlash tajribasiga ega edi - bir necha yil oldin "Reynjers" Mikel Artetani "Blaugranas" akademiyasidan olib, uning iqtidorini yaxshi ochib bergandi. Makleysh o‘zining gollandiyalik yordamchisi Yan Voutersdan "Barselona" murabbiylar shtabi bilan bog‘lanishni va ulardan kimnidir harid qilishini so‘radi.

“Vouters o‘sha paytda Raykardning yordamchisi bo‘lgan Xenk ten bilan suhbatlashib Inyesta degan yigit borligini aytdi. O‘shanda u bor-yo‘g‘i 18 yoshda edi.Biz uni Shotlandiyaga olib kelish mumkinmi, deb so‘raganimizda, ular buni rahbariyatdan so‘rashini va Inyestaga o‘yin amaliyoti kerakligini qo‘shimcha qilishdi", - deydi Makleysh.

Reynjersning qo‘ng‘irog‘i jiddiy oqibatlarga olib keldi, ammo shotlandiyalik murabbiy kutganidek emas. Suhbatdan bir necha kun o‘tib Inyesta "Barselona"ning asosiy jamoasiga o‘tdi.

Nima bo‘lishi mumkin edi. Bu so‘rov faqat ijara haqida edi, shuning uchun muvaffaqiyatsiz bitimning tarixiylik darajasi biroz bo‘rttirilgan. Garchi ba’zida lizing to‘liq huquqli shartnoma imzolanishi bilan tugasa ham.

Inyesta yana "Reynjers"ni buyuk qila olishi dargumon, lekin usiz Gvardiola boshchiligidagi "Barselona" oxir-oqibat erishgan narsasiga mutlaqo erisha olmasdi. Chempionlar ligasi yarim finalida Andresning «Chelsi» darvozasiga urgan hal qiluvchi golini eslashning o‘zi kifoya.

Franchesko Totti

Transfer: "Roma"dan "Real Madrid"ga

Qachon: 2004 yil

Oxir-oqibat u qayerga ko‘chdi: "Roma"da qoldi

Bu qanday sodir bo‘lgan. "Real Madrid" Peres qo‘l ostida o‘zining birinchi omadsiz mavsumini endigina boshdan kechirgan edi (La Ligada 4-o‘rin, Chempionlar Ligasi chorak finalidan qaytish va Qirol kubogi finalida mag‘lubiyat), lekin prezident haligacha superyulduzlarni taklif qilish siyosatidan voz kechmagandi. 2004 yilda Maykl Ouen klubga qo‘shildi, bir yildan keyin - Robinyo va Julio Baptista. Ammo bu vaqt davomida Florentinoning asosiy maqsadi “Roma” yetakchisi edi.

«2004 yoki 2005 yildan beri «Real» meni qo‘lga kiritish uchun hamma narsani qildi. Ular menga 10 raqami va familiyam yozilgan futbolkaning rasmini yuborishdi. Ularning prezidenti doimiy ravishda menga qo‘ng‘iroq qilgan. O‘shanda men haqiqatdan ham tanlov qildim va "Roma"ni tanladim. O‘shandan beri men Peres bilan bir necha bor uchrashganman va har safar u menga bir xil narsani aytdi: men u "Real"ga o‘tishga ko‘ndira olmagan yagona futbolchiman", - deya tan oldi Totti klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Nima bo‘lishi mumkin edi. Madridliklar tarkibi yanada yorqin bo‘lardi, ammo boshqa pleymeykerning taklifi himoya hisobiga hujumga bo‘rttirilgan urg‘u tufayli tushib qolgan jamoani inqirozdan olib chiqishga yordam berishi dargumon edi.

Davomi bor. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:00, 17.04.2022.
O'qildi: 4194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.