Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Jamshid Iskanderov: “Guruh bahslarini yuz foizlik natija bilan yakunlamoqchimiz”

Jamshid Iskanderov: “Guruh bahslarini yuz foizlik natija bilan yakunlamoqchimiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi, 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 27 yoshli tajribali yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-  Har bir uchrashuvda chiroyli o‘yin namoyish etgan holda, g‘alaba qozonib,  muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz. Bo‘lajak bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta. “Navbahor” – “Neftchi” ishtirokidagi “vodiy derbisi” o‘yinlarini ko‘p marotaba tomosha qilganman hamda keskin kurashlar ostida o‘tishiga guvoh bo‘lganman. Endi esa bevosita o‘zimda shunday ajoyib derbida qatnashish imkoniyati tug‘ilmoqda.

Xudoga shukr,O‘zbekiston kubogi bahslarida dadil odimlayapmiz va farg‘onaliklar bilan bo‘ladigan bellashuvda ham zafar quchib, O‘zbekiston kubogining  guruh bosqichi bahslarini yuz foizlik natija qayd etgan holda,  peshqadam sifatida yakunlash niyatidamiz. Bo‘lajak derbi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lganligi bois, qiziqarli, chiroyli, keskin kurashlarga boy o‘tadi, degan umiddaman.

Fursatdan foydalanib, muxlislarga ushbu muqaddas Ramazon oyidagi ibodatlarini Alloh o‘z dargohida qabul qilishini tilab qolaman.        

Shuningdek, ishqibozlardan bo‘lajak o‘yinda stadionga ko‘proq tashrif buyurib, jamoamizni bevosita qo‘llab-quvvatlab, biz – futbolchilarga madadkor bo‘lishlarini so‘rayman.

Biz esa muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlariga yarasha maydonda munosib to‘p tepib, ularga quvonch ulashishga intilamiz hamda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Baxtimizga “Navbahor” ishqibozlari hamisha sog‘ bo‘lishsin.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 10:54, 17.04.2022.
O'qildi: 1458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.