Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Xakimiy Mbappe va «Real» haqida gapirdi

Xakimiy Mbappe va «Real» haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Ashraf Xakimiy jamoadoshi Kilian Mbappening kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Mbappe mening do‘stim va dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri», dedi 23 yoshli marokashlik futbolchi Telefoot nashriga. «Men uning shu yerda qolishini xohlayman. U karyerasi uchun qaysi qadam foydaliroq bo‘lishini o‘zi hal qiladi va men uni qo‘llab-quvvatlayman», — dedi Xakimiy.

Kilian Mbappening kelajagi yaqin orada hal bo‘lishi mumkin. Fransiyalik futbolchi «Real»ga o‘tish yoki parijliklar bilan tugaydigan shartnomasini uzaytirish o‘rtasida qaror qabul qilmoqda.

Ashraf Xakimiy «Real Madrid» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020 yilda u 43 million yevro evaziga «Inter»ga o‘tgan, bir yildan so‘ng esa «PSJ»ga 66,5 millionga sotilgan.

Kiritildi: 16:11, 17.04.2022.
O'qildi: 2396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик