Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Diyor Imomxo‘jayev Liga kubogi zaruriyatini tushuntirdi

Diyor Imomxo‘jayev Liga kubogi zaruriyatini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Shu bilan FIFA kunlari 30 may sanasida start oladi va Osiyo chempionatining saralash uchrashuvlariga qo‘shilib, 14 iyunga qadar davom etadi.

1 iyun U-23 Osiyo chempionati start oladi. O‘zbekiston mezbonligidagi musobaqa 19 kun davom etadi. Mana shu davrda ayrim futbol klublarimizda mashg‘ulot o‘tkazishda ham muammolar ko‘zga tashlanishi mumkin.   

7-25 sentyabr kunlari Osiyo o‘yinlari bor. Temur Kapadze yigitlari katta ehtimol bilan unda ishtirok etadi (shu yerda ehtimol so‘zi o‘rniga aniq biror narsa bo‘lsa yanada yaxshiroq bo‘lardi).

E’tibor qilsangiz, futbol o‘ynash uchun eng qulay sanalarda Superliga klublarida u yoki bu kemtiklar, tanaffuslar yuzaga keladi. Shu sababli ham Liga kubogi qaytadi. Tanaffus vaqtida futbol klublari kelishib o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazaveradi (muxlislar uchun emas, jamoa tayyorgarligini ushlab turish uchun). Biz esa buni kattaroq maydonlarda, muxlislar qarshisida, rasmiy ko‘rinishda va boshqa darajada o‘tkazishimiz mumkin. Bundagi shiddat ham farq qiladi. Bunda qator umidlilarga imkoniyatlar beriladi va hokazo.

Bizga mos taqvim qo‘shni respublika jamoalariga mos keladimi yoki yo‘q — aytish qiyin. Bu mavzuda ular bilan fikr almashamiz. 2023 yildan boshlab esa qo‘shnilar bilan bamaslahat taqvim qilib, musobaqa geografiyasini yanada kengaytirish rejamizda bor. Markaziy Osiyo katta kuch va biz birgalashib katta ishlar qila olamiz.

Agar shu yilning o‘zidayoq Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston yoki Turkmaniston klublaridan musobaqada ishtirok etish uchun qiziqish bo‘lsa, ular uchun eshigimiz ochiq. Biz ishtirokchi mamlakatlardan futbol hakamlarini ham o‘yinlarga jalb qilishni rejalashtirganmiz. Muhimi boshlab olish. Qolgani O‘ziga tavakkal.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 08:32, 18.04.2022.
O'qildi: 1827 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.