Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Angliya kubogi musobaqasining klublar uchun moliyaviy foydalari haqida bilasizmi?

Angliya kubogi musobaqasining klublar uchun moliyaviy foydalari haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

Oldin ham bu haqida ko‘p gapirganmiz – Angliya kubogi futbol tarixidagi eng qadimiy turnir. Unda Birlashgan Qirollikdagi professional futbol klublarining hammasi ishtirok etish huquqiga ega. Musobaqada qatnashish, albatta moliyaviy tomondan foydalidir. Angliya Futbol assosiasiyasi musobaqaning har bir bosqichi uchun alohida pul mukofotlari belgilagan. Bu esa klublar uchun yaxshigina foyda olish imkoniyatini beradi. Ushbu daromad pastki liga jamoalari uchun katta yordam bӯladi. Shu bilan birga APL vakillari ham turnirda uzoqroqqa borish orqali kattagina rag‘batga ega chiqadi. «Uembli»da esa bosh sovrinni ko‘tarish orqali eng yirik pul mukofotini qo‘lga kiritish mumkin...

Angliya kubogining 2021-22 yilgi mavsumi ilk bosqichlarida qatnashgan va g‘alaba qozongan klubga 1,125 funt mukofot belgilangan. Hatto mag‘lub bo‘lgan tomon ham quruq qo‘yilmaydi. Ular 375 funt bilan siylangan. Bosqichlar yangilangani sayin mukofotlar ham yiriklashadi. Xususan, birinchi raundning g‘oliblari bu mavsumda 22,629 funt yutishga muvaffaq bo‘lgan. Mag‘lublar esa o‘z haqqini yarim final hamda final bahslaridan keyin olishadi.

Musobaqaning uchinchi bosqichida APL va Chempionship jamoalari to‘qnash kelsa, g‘olib tomonga 82,000 ming funt mukofot taqdim etiladi. Shu zaylda, jamoalar yangi bosqichga chiqqani sayin moliyaviy rag‘batlar ham oshib boradi. Jumladan, finalga yetib kelgan jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, 1,8 million funtga ega bo‘ladi. Ushbu klubning mavsum davomida faqatgina FA kubogi turnirida qo‘lga kiritgan umumiy mablag‘i 3 million 412 ming funtni tashkil etadi. Finaldagi mag‘lub klub ham quruq qoldirilmaydi. Ular ham 900 ming funt bilan siylanadi. Mag‘lub jamoa Angliya kubogi davomida yig‘gan umumiy summasi esa 2 million 512 ming funtga teng bo‘lishi ko‘zda tutilgan (2021-22 yilgi mavsum uchun).

Angliya ayollar futbolidagi ayni shu musobaqaning muqobili yaqin yillar ichida tanqid ostida qolmoqda. Bunga asosiy sabab esa mukofot pullarining erkaklarniki kabi ko‘p emasligidir. Xususan, ayollar jamoasi turnirning birinchi bosqichida g‘alaba qozonsa, 850 funtga, mag‘lub esa 215 funtga ega chiqadi (erkaklarniki bilan solishtiring!). To‘rtinchi bosqichda g‘alabaga ega bo‘lgan klub bor-yo‘g‘i 2000 funt yutib oladi. Mag‘lub esa – 500 funt (juda kulgili summa). Final bosqichidagi zafarning narxi 25 ming funt qilib belgilangan. Umumiy hisoblaganda, finalga chiqqan ayollar klublari g‘olibining mavsumiy daromadi 39 ming, mag‘lubniki esa 29 ming funtni tashkil etadi ( faqat FA kubogi turnirida).
Biroq Angliyadagi jamoatchilik va tegishli tashkilotlarning bosimi bilan musobaqa tashkilotchilari ayollar turniriga keyingi mavsumdan umumiy qiymati 3 million funtga teng bo‘lgan mukofot puli qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu esa katta ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 15:19, 18.04.2022.
O'qildi: 1925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.