Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Diasning kelishi Manening o‘yiniga ta’sir qildimi? Klopp javob berdi

Diasning kelishi Manening o‘yiniga ta’sir qildimi? Klopp javob berdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «qizillar» hujumchisi Sadio Manening o‘yiniga Luis Diasning mersisaydliklar safiga qo‘shilishi ta’sir qilgan yoki yo‘qligini aytdi.

«Men Sadio Maneni deyarli olti yildan beri bilaman, bilishimcha, u o‘zining eng yaxshi formasida o‘ynashi uchun hech qachon, hech kim bilan raqobatlashmaydi.

U uzoq vaqt yuqori formada bo‘lganida, deyarli har bir o‘yinda va doimiy ravishda o‘ynadi. Luis Diasning kelishi uning o‘yiniga qandaydir ta’sir qilganiga ishonchim komil emas.

Bu Luisning kelgani uchun emas edi, balki markazda o‘ynash Sadioga ham juda mos keladi. U chap qanotda yaxshi o‘ynaydi, ammo markaziy hujumda ham o‘ynay olishini isbotlamoqda», - deya Kloppning so‘zlarini keltiradi Goal.

Kiritildi: 00:42, 19.04.2022.
O'qildi: 1558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик