Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Ibrohimxalil «Spartak» nigohida yoki legionerlarimizda nima gaplar?

Ibrohimxalil «Spartak» nigohida yoki legionerlarimizda nima gaplar?

Baho:
+ | -

Rossiya.  RPL 25-turidan o‘rin olgan «Ufa» - SSKA o‘yinida tomonlar oxirgi daqiqalarda 1tadan gol urishdi - 1:1. Boshqirdiston jamoasi xavbeki Oston O‘runov bu safar ham zaxirada qoldirildi - 0:0.

«Nijniy Novgorod» - «Ximki» bahsida ham kuchlar teng keldi - 0:0. O‘yindan oldin mezbon jamoa himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning jarohatdan keyin mash­g‘ulotlarga qaytgani haqida xabar berilgan bo‘lsada, u maydonga tushmadi. Aytgancha, «Nijniy Novgorod» Yo‘ldoshevga yangi shartnoma tayyorlamoqda. Chunonchi, «Sport-Ekspress» nashri 21 yoshli himoyachiga «Spartak» tomonidan qiziqish borligi haqida xabar tar­qatdi. Unda qayd etilishicha, Moskva klubi Ibrohimxalilni 2 oydan buyon kuzatib kelmoqda. Yo‘ldoshev RPL 22-tur o‘yinida «Spartak» darvozasini ishg‘ol qilgach, poytaxt jamoasida qiziqish darajasi yanada ortgan. Qo‘shimcha qilinishicha, «Spartak» hamyurtimizni mart oyida jamoadan ketgan braziliyalik Ayrton o‘rniga mo‘ljallamoqda. Ma’lumot uchun, 21 yoshli chap qanot himoyachisining transferi transfermarkt portali tomonidan 800 ming yevroga baholanmoqda. To‘g‘ri, «Nijniy Novgorod» bosh direktori Ravil Izmaylovning aytishicha, «Spartak»dan hozircha o‘zbekistonlik futbolchi masalasida hech qanday taklif tushmagan.

Qozog‘iston. 2:2 hisobida yakunlangan «Tobol» - «Qayrat» o‘yini (QPL 6-turi)da Igor Sergeev va Jasur Jaloliddinov maydonda o‘zaro to‘qnash kelishdi. «Tobol» hujumchisi to‘liq vaqt to‘p surgan bo‘lsa, mehmonlar yarim himoyasida harakatlangan Jaloliddinov 59-daqiqada zaxiraga olindi. U shuningdek, birinchi bo‘lim yakunida sariq kartochka oldi. «Turan» - «Ordabasi» uchrashuvida hisob ochilmadi. Mehmonlar himoyachisi Odil Abdumajidov bu bahsda ham to‘liq 90 daqiqa faol to‘p surdi.
 
Qozog‘iston futzal chempionatidan o‘rin olgan «Kaspiy» va «Aktobe» o‘rtasidagi o‘yinda esa O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboyev o‘zini ko‘rsatdi. Aniqroq aytsak, hamyurtimiz chiroyli gol urib, «Kaspiy»ning 9:4 hisobida ustun kelishiga munosib hissa qo‘shdi.
 
Italiya. «Roma» YEKL chorak finali javob uchrashuvida Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubini muammosiz yengib (4:0), turnir yarim finaliga yo‘l oldi. Biroq Joze Mourinyo Rimdagi o‘yinda Eldor Shomurodovga imkoniyat bermadi. «Bo‘rilar» Italiya «A» seriyasi 33-turidan o‘rin olgan «Napoli»ga qarshi o‘yinni esa kecha Neapolda o‘tkazishdi.
 
Legionerlarimizning OCHL guruh bosqichi 3-turidagi ishtiroklari:
 
Otabek Shukurov: «Sharja» (BAA) safida «Al-Rayyan» (Qatar)ga qarshi o‘yin (1:1)da 90 daqiqa.

Muhammad Isayev:
«Istiqlol» (Tojikis­ton) safida «Al-Hilol» (S.Arabistoni)ga qarshi o‘yin (0:1)da 59 daqiqa.

Aziz G‘aniyev:
«Shabab Al-Ahli (BAA) safida «Al-G‘arafa» (Qatar)ga qarshi bahs (1:1)da maydonga tushmadi.
Manba: intersport.uz
Kiritildi: 15:02, 19.04.2022.
O'qildi: 2222 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.