"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger kelajagi haqida oy oxirigacha bir qarorga keladi. Bu haqda jurnalist Saymon Jonson xabar bermoqda.
Ryudigerning "Chelsi" bilan shartnomasi 2021/2022 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Manbaga ko‘ra, Antonio klubini o‘zgartirmoqchi.
Qo‘shimcha qilamizki, Ryudigerga asosiy da’vogarlar "Barselona" va "Real".