Rossiyaning "Spartak" klubining Twitter'dagi ingliz tilida yuritiladigan akkauntida Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning "qizil-oqlar" lageriga o‘tishi mumkinligi haqida hazil post e’lon qilindi.
"Oxirgi mish-mishlar fonida biz Erling Xoland kutilmaganda yozda "Spartak"ga o‘tmaslikka qaror qilganini tasdiqlashimiz mumkin", - deb yozdi moskvaliklar rasmiy sahifasi.
Yaqinda xorijiy OAVda Xolandning kelajagi haqida qarama-qarshi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u "Manchester Siti" bilan kelishib olgani, boshqa ma’lumotlarda esa, norvegiyalik hujumchi faoliyatini qayerda davom ettirishini hali hal qilmagani haqida xabarlar chiqqandi.