Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Kuchli beshlik chempionatlarida to‘rtta sovrin uchun yagona da’vogar jamoa – "Liverpul". Imkoniyatlarni chamalab ko‘ramiz!

Kuchli beshlik chempionatlarida to‘rtta sovrin uchun yagona da’vogar jamoa – "Liverpul". Imkoniyatlarni chamalab ko‘ramiz!

Baho:
+ | -

"Liverpul" ayni damda uchta turnirda ishtirok etmoqda. Mavsum yakunlanishiga esa bir oycha vaqt bor. Lekin mersisayliklar yuqori darajadagi futbol ko‘rsatishda davom etmoqda. Jamoa muxlislari mavsumni to‘rtta sovrin bilan tugatilishini orzu qiladi. Angliya liga kubogi bosh sovrini – allaqachon cho‘ntakda. APL, YECHL hamda Angliya kubogidagi yurish esa davom etmoqda. Quyida Yurgen Klopp jamoasining imkoniyatlariga baho beramiz.

Premyer-liga

"Liverpul" mavsumning o‘ta muhim o‘yini bo‘lgan "Manchester Siti"ga qarshi bahsni 2-2 hisobidagi durang bilan yakunlagan edi. Bu esa har ikki jamoa o‘rtasida bir ochkolik farq saqlanib qolishiga olib keldi. Ammo kechagi "MYU" ustidan qozonilgan g‘alaba, vaqtinchalik mersisaydliklarning yetakchiligini ta’minlaydi. Oldinda esa ularni "Tottenxem" hamda "Everton"ga qarshi muhim bahslar kutmoqda.

APLda qolgan o‘yinlar:
"Liverpul" ‐ "Everton" – 24.04.2022
"Nyukasl" - "Liverpul" – 30.04.2022
"Liverpul" - "Tottenxem" – 7.05.2022
"Aston Villa" - "Liverpul" – 10.05.2022
"Liverpul" - "Vulverxempton" – 22.05.2022
"Sautgempton" - "Liverpul" – vaqti aniq emas

Angliya kubogi

"Liverpul" Angliya kubogini olganiga ko‘p yillar bo‘lib ketdi. Bu voqea so‘nggi bor 2006 yilda yuz bergan edi. O‘shanda Stiven Jerrardning goli "Vest Xem" ustidan g‘alabani ta’minlaydi.
Yarim finalda Pep Gvardiola jamoasining mag‘lubiyatga uchratilishi, Klopp uchun ilk bor kubok finaliga yo‘l ochdi. Endilikda "Liverpul"ni "Uembli"da o‘ta jiddiy raqib kutadi. "Chelsi" o‘z uyiday bo‘lib qolgan stadionda shimoliy hudud jamoasini ayab o‘tirmasligi mumkin...

Final:
"Liverpul" - "Chelsi" – 14.05.2022 (Toshkent vaqti bilan -19:00).

Chempionlar ligasi

Ko‘pchilik "Liverpul"ning YECHLdagi imkoniyatlarini APLdagiga qaraganda yaxshiroq baholamoqda. Chunki jamoa chorak finalda "Benfika" to‘sig‘idan oson o‘tib, "Vilyarreal"ga duch keldi. Agar Unai Emeri jamoasi ham mag‘lub etilsa, u holda final "Manchester Siti" yoxud "Real"ga qarshi kechadi.

YECHL yarim finali:
"Liverpul" - "Vilyarreal" – 27.04.2022
"Vilyarreal" - "Liverpul" – 3.05.2022

"Carabao Cup" (olingan)

"Liverpul" bu mavsumning qoq yarmida yangi titul qo‘lga kiritgan edi. "Qizillar" o‘shanda finalga qadar "Lester" hamda "Arsenal" qarshiligini yengishiga to‘g‘ri kelgan. Final "Chelsi" bilan kechadi va golsiz tugaydi. Penaltilar seriyasida esa mersisaydliklarning qo‘li baland
kelgandi.

Musobaqadagi yo‘l:

"Norvich" - "Liverpul" – 21.09.2021 (0-3)
"Preston - "Liverpul" – 27.10.2021 (0-2)
"Liverpul" - "Lester" – 22.12.2021 (3-3)*
"Liverpul" - "Arsenal" – 13.01.2022 (0-0)
"Arsenal" - "Liverpul" – 20.01.2022 (0-2)
"Chelsi" - "Liverpul" – 27.02.2022 (0-0)*

Shunday qilib, "Liverpul" har qaysi musobaqada yaxshi imkoniyatlarini saqlab turibdi. Xarholda, klub barcha frontlarda favorit sifatida e’tirof etilmoqda.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 13:01, 20.04.2022.
O'qildi: 5467 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик