Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

UYEFA YECHL va YEL finallari uchun chiptalar narxini e’lon qildi: finalni tomosha qilish 40 dan 690 yevrogacha

UYEFA YECHL va YEL finallari uchun chiptalar narxini e’lon qildi: finalni tomosha qilish 40 dan 690 yevrogacha

Baho:
+-1 | -

2022 yilgi UYEFA Chempionlar ligasi finali uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Savdo faqat UYEFA rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni qabul qilish 28 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da tugaydi.

Odatdagidek, ikki finalchi muxlislari va keng jamoatchilik 28 may kuni «Stad de Frans» stadionida bo‘lib o‘tadigan final chiptalarining aksariyat qismini oladi. Mavjud 75 000 chiptadan (final uchun stadion sig‘imi) 52 000 tasi ikki finalchi muxlislari va keng jamoatchilik uchun. Finalga chiqqan ikki klubning har biri 20 000 tadan chipta oladi. Yana 12 000 tasi UYEFA veb-saytida keng jamoatchilikka sotuvga chiqariladi.

Chiptalar jonli navbatda sotilmaydi. O‘z vaqtida topshirilgan barcha to‘g‘ri arizalar teng shartlarda o‘yinda ishtirok etadi. Keng aholi uchun chiptalar quyidagi narx toifalarida mavjud: 4-toifa - 70 yevro; 3-toifa - 180 yevro; 2-toifa - 490 yevro; 1-toifa - 690 yevro; nogironlar uchun chiptalar - 70 yevro (4-toifadagi chipta va hamrohlik qiluvchi shaxs uchun bepul chipta).

2022 yilgi UYEFA Yevropa ligasi finali uchun ham chiptalar sotuvi boshlandi. Arizalarni qabul qilish 28 aprel kuni mahalliy soat bilan 14:00 da tugaydi. Chiptalar faqat UYEFA rasmiy saytida sotiladi.

Odatdagidek, ikki finalchi muxlislari va keng jamoatchilik 18 may chorshanba kuni mahalliy soat bilan 21:00 da boshlanadigan Sevilyadagi "Ramon Sanches Pizxuan" stadionida bo‘lib o‘tadigan final chiptalarining ko‘p qismini oladi. Mavjud 40 000 chiptadan (final uchun stadion sig‘imi) 30 000 tasi ikki finalchi muxlislari va keng jamoatchilik uchun. Finalga chiqqan ikki klubning har biri 10 000 tadan chipta oladi. Yana 13 mingtasi keng ommaga sotuvga chiqariladi.

Keng aholi uchun chiptalar quyidagi narx toifalarida mavjud: 4-toifa - 40 yevro; 3-toifa - 65 yevro; 2-toifa - 100 yevro; 1-toifa - 150 yevro; nogironlar uchun chiptalar - 40 yevro (4-toifadagi chipta va hamrohlik qiluvchi shaxs uchun bepul chipta).

Kiritildi: 21:22, 20.04.2022.
O'qildi: 2387 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.