Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Pele:"Ronaldu uchun ibodat qilaman". Futbol olami Krishtianuga qanday hamdardlik bildirmoqda?

Pele:"Ronaldu uchun ibodat qilaman". Futbol olami Krishtianuga qanday hamdardlik bildirmoqda?

Baho:
+ | -1

 

Krishtianu yangi tug‘ilgan o‘g‘lining vafot etganini "Liverpul" bilan o‘yin arafasida e’lon qildi.

Bir kun avval "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu dahshatli xabarni e’lon qildi. Yulduzli futbolchi yangi tug‘ilgan egizaklardan birining fojiali o‘limini ma’lum qildi.

"Bu ota-ona uchun eng katta og‘riqdir"

2021-yil oktyabr oyida Krishtianu ijtimoiy tarmoqda sevgilisi Jorjina Rodriges bilan egizak farzand kutayotgani haqida xabar bergan edi. Futbolchi qo‘lida qiz va ultratovush tekshiruvi bilan tushgan suratini joylashtirdi. O‘sha paytda er-xotin allaqachon to‘rt farzandni tarbiyalagan. Kichik Krishtianu 2010 yilda tug‘ilgan, egizaklar Eva va Mateo - 2017 yilda surrogatlik yordami bilan, Alan Martin - shuningdek, 2017 yilda tavallud topgan.

18 aprel kuni Rodriges qiz tug‘gani ma’lum bo‘ldi. Afsuski, bola vafot etdi. “O‘g‘limiz vafot etganini chuqur qayg‘u bilan e’lon qilishimiz kerak. Bu har qanday ota-ona his qilishi mumkin bo‘lgan eng katta og‘riqdir. Faqatgina chaqaloqning tug‘ilishi bizga bu onni umid va baxt bilan yashashga kuch beradi. Biz shifokorlar va hamshiralarga ko‘rsatgan malakali yordami uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz hammamiz bu yo‘qotishdan xafa bo‘ldik va bu juda og‘ir davrda shaxsiy hayotimizni saqlashni so‘raymiz”, — deb yozdi portugaliyalik ijtimoiy tarmoqda.

Futbol olami qayg‘uli xabarni qanday qabul qildi

Tabiiyki, ko‘plab futbolchilar, shuningdek, klublar va Krishtianuning yaqinlari bunday xabarga munosabat bildirishdi. Futbol olamidan ko‘plab odamlar post ostida turli stikerlar qoldirdi: kimdir duo qildi, kimdir ezilgan yuraklar ramzini qoldirdi.

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford:

“Hozir barcha fikrlarim siz va Jorjina bilan. Mening hamdardligimni qabul qiling”.

Angliya terma jamoasining sobiq xalqaro eksperti Gari Lineker:

“Dahshatli qayg‘uli xabar. Sizga va oilangizga samimiy hamdardlik bildiraman”.

Uch karra jahon chempioni Pele:

“Do‘stim, men hozir mana shu og‘ir damlarda sen uchun ibodat qilaman. Alloh qalblaringizga taskin bersin, har bir qadamingizni munavvar qilsin”.

"Manchester Yunayted":

“Sizning dardingiz bizning dardimiz. Ushbu og‘ir damlarda sizga va oilangizga kuch va muhabbat tilaymiz”.

"Real Madrid":

“Real Madrid”, uning prezidenti va direktorlar kengashi aziz Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges kutgan go‘daklardan biri vafot etganidan chuqur qayg‘uda”.

Sporting:

“Senga kuch-quvvat, Krishtianu. Bizning butun oilamiz sen bilan."

Katya Aveyro, Ronalduning singlisi:

"Men seni yaxshi ko‘raman. Xudo hammaga g‘amxo‘rlik qilsin va senga yordam bersin. Bizning farishtamiz allaqachon Rabbiyning g‘amxo‘rligida. Qiz esa baquvvat va sog‘lom o‘sadi”.

Ronaldu uchun mavsumdagi eng og‘ir oy

Bu oy Ronaldu uchun haqiqiy sinovga aylandi. Bir yarim hafta oldin Krishtianu muammoga duch keldi. APL doirasidagi "Everton"ga (0:1) qarshi o‘yindan so‘ng portugaliyalik o‘z his-tuyg‘ulariga dosh berolmay, futbolchini videoga olmoqchi bo‘lgan ishqibozning qo‘lidan telefonini tortib oldi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, muxlis bola autizm bilan kasallangan va bu vaziyatni yanada og‘irlashtirgan. Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jahli chiqqani uchun uzr so‘radi, biroq bolaning onasi hammasini oddiy javob sifatida qabul qildi.

Biroz vaqt o‘tgach, Krishtianu "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi rejalariga kiritilmagani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Hozirda "Ayaks"ni boshqarayotgan Erik ten Xag bo‘lishiga ko‘pchilik shubha qilmaydi. Ko‘rinishidan, gollandiyalik mutaxassis mavsum yakunida ingliz klubini boshqaradi. Balki aynan mana shu yangilik Ronalduning «Norvich» bilan o‘yinda (3:2) ajoyib o‘yin ko‘rsatishiga hissa qo‘shgandir - yulduz futbolchi raqib darvozasiga uchta golni ham kiritdi. Krishtianu jarima zarbasidan g‘alaba golini kiritdi, bu 2020 yilning iyulidan beri u bilan sodir bo‘lmagan.

Ronaldu 2006 yildan beri birinchi marta sovrinsiz qoladi, uning jamoasi esa Chempionlar ligasiga chiqmaslik xavfi ostida.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 07:00, 21.04.2022.
O'qildi: 8709 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.