Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“YUnired”ning slovakiyalik investori jamoasini Superligada ko‘rmoqchi

“YUnired”ning slovakiyalik investori jamoasini Superligada ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

“Yunired” 2021 yilda Samarqand chempioni bo‘ldi. Biroq Surxondaryo mezbonlik qilgan pulka o‘yinlarida undan omad yuz o‘girdi. Klub uchtalikka kira olmadi.

Shunga qaramay, jamoa O‘zPFL e’tiborini tortdi va shu yilning 9 fevral sanasida Diyor Imomxo‘jayev uni o‘rganish uchun Samarqandga bordi. Jamoa Birinchi liganing minimal talablariga mos kelardi.

Jamoani samarqandlik tadbirkor Laziz Rahmatov va uning slovakiyalik turmush o‘rtog‘i Lyusiya Shchipova moliyalashtiradi. Biz “Yunired”ni muxlislarga yaqinroq tanishtirish maqsadida jamoa prezidenti Shchipova bilan kichik suhbat qurdik.

“Ko‘p yillar Birlashgan Qirollikda ishlaganman. Turmush o‘rtog‘im bilan ham o‘sha yerda tanishganmiz. Oila qurganimizga 14 yil bo‘ldi. Sabina va Amir ismli ikki farzandimiz bor”, — deydi Lyusiya biz bilan suhbatda.

“Men O‘zbekistonni yorqin kelajakka ega davlat deb bilaman. Farzandlarim bu go‘zal madaniyat o‘chog‘ida katta bo‘lishini istayman. O‘zim haqimda to‘xtalsam, jismoniy tarbiya bo‘yicha malakali o‘qituvchi maqomiga hamda magistr darajasiga egaman. Biz 2017-yilda O‘zbekistonga ko‘chib keldik va bir yil o‘tib, xususiy maktablar ochishni boshladik”.

Darhaqiqat, oila Samarqandda ingliz tili hamda matematikaga ixtisoslashtirilgan 2 ta maktab va 1 ta bog‘chaga ega. Bu sohalar orasida futbol sog‘lom turmush tarzini shakllantirish vositasi. Investisiya birinchi navbatda ta’limga yo‘naltirilayotgani biz uchun eng asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.

O‘zbekiston kubogi va Birinchi liga haqida

“O‘zbekiston kubogining saralashi juda yaxshi tashkil etildi. Musobaqa jamoamiz uchun katta motivasiya berdi. Biz Birinchi liga jamoalariga qarshi o‘ynab, ulardan nimani kutish mumkinligini ko‘rib oldik”.

“Yunired” saralashning ilk o‘yinida ajoyib kambek namoyish etdi. Uychining “Paxtakor-79” klubi ilk bo‘limda 2 ta gol farqi bilan oldinga o‘tib olgandi. Ikkinchi bo‘limda samarqandliklar bunga 4 ta gol bilan javob qaytarishdi — 4:2. Keyingi uchrashuvda “Shahrixonchi” taslim etildi — 3:2. Biroq hal qiluvchi o‘yinda “Yunired” Andijonning boshqa bir jamoasi “Andijon II”ga imkoniyatni boy berdi — 0:1.

“Katta afzallik shunda ediki, tomoshabinlarga barcha uchrashuvlarni onlayn tomosha qilish imkoniyati yaratilgandi. Bu jamoalarga keyingi o‘yinlarga tayyorgarlikda katta yordam berdi. Birinchi liga esa endigina boshlandi. Hozircha biz tashkilotchilik ishlaridan xursandmiz” — deb fikrida davom etdi suhbatdoshimiz.

Pro liga yo‘llanmasi haqida

“Menimcha, birinchilikdagi raqiblar ancha kuchli. Mavsum juda qiziqarli va ko‘plab shiddatli o‘yinlarga boy o‘tadi deb o‘ylayman”.

“Biz duch kelgan eng katta qiyinchilik — yanvarda 8 nafar futbolchimiz jamoani tark etgani bo‘ldi. Ulardan 6 nafari Superligada ishtirok etayotgan “Dinamo” jamoasiga yo‘l oldi. Bizda ularning o‘rnini to‘ldirish uchun vaqt juda oz edi. Boshqa tomondan bosh murabbiy Alisher Latipov va uning yordamchisi Sulaymon Abdullayevning qisqa vaqt ichida qilgan ishlaridan mamnunman. Men juda optimist insonman, mavsum so‘ngida jamoam Pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi deb umid qilaman”.

Kelgusi rejalari haqida

“Yaqin 4 yil ichida O‘zbekiston futboli va ta’limiga bir necha million dollar sarmoya kiritishni rejalashtirganmiz. Shu asosda Samarqandda Yevropa standarti bo‘yicha stadion qurish va futbol akademiyamizni kengaytirishni davom ettirish niyatimiz bor. Va albatta, “Yunired”ni Superligada ko‘rish — bosh maqsadimiz”, — deya fikrini yakunladi Lyusiya Shchipova.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Yunired” futbol klubining Birinchi ligadagi ishtiroki omadli bo‘lishini tilaydi. Biz ta’lim va sportga investisiya kiritish istagida bo‘lgan har qanday shaxs yoki tashkilot bilan ishlashga doim tayyormiz.

Kiritildi: 17:01, 21.04.2022.
O'qildi: 1126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.