Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
09/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
09/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
09/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
09/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
09/10 21:00 Ummon - Kuvayt
09/10 21:00 BAA - KXDR
09/10 23:00 Iroq - Falastin
09/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
10/10 05:00 Peru - Urugvay

Bu nomlarni eshitganingizda «Arsenal» yoki «Chelsi»ni eslaysiz

Bu nomlarni eshitganingizda «Arsenal» yoki «Chelsi»ni eslaysiz

Baho:
+ | -

«Chelsi» hamda «Arsenal» o‘rtasidagi bahs doimo qizg‘in kechgan. Xoh shaharning g‘arbida bo‘lsin, xoh shimolida, butun dunyo London derbisini sevib tomosha qiladi. Kechagi bahsni yutish orqali «Arsenal» YECHLga qaytish umidlarini yanada alangalatdi. To‘qshnashuv APLning eng saviyali derbilari qatorida e’tirof etiladi. Biz esa ushbu jamoalar sharafini himoya qilgan futbolchilarning ayrimlarini sanab o‘tmoqchimiz.

Emmanyuel Peti

Fransuz futbolchisi Arsen Venger tomonidan APLga olib kelinadi va jamoaning 1997-1998 yilgi mavsum chempionligida muhim o‘rin tutadi. Uch mavsumdan keyin, 2000 yilda Peti «Barselona»ga yo‘l oladi. Bir yildan keyin esa «Chelsi» safiga kelib qo‘shiladi.

Nikolya Anelka

Vengerning yana bir topilmalaridan biri, shubhasiz, Anelkadir. Hujumchi 1997-98 yillarda yosh bo‘la turib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ladi. Uning keyingi manzili «Real» edi. 2008 yilda esa u «Chelsi» futbolchisiga aylanadi. Anelka «aristokratlar» safida 5 mavsum davomida 59 ta golga mualliflik qilgan.

Eshli Koul

Qanot himoyachisi o‘sha mashhur «engilmas mavsum»dagi harakatlari bilan hammaning yodida qolgan. Ammo 2006 yilda muxlislar qalbini vayron etib, «Chelsi»ga sotib yuboriladi. Koul «Stemford Brij»da APL va YECHL chempionligini nishonlaydi.

Sesk Fabregas

«Barselona» tarbiyalanuvchisi «Arsenal»ga yo‘l oladi. U yerda yanada yuqori mavqega erishib, «Chelsi»ga keladi. Albatta, Fabregasni butun dunyo «Arsenal»dagi o‘yinlari bilan yaxshiroq eslaydi.

Lassana Diarra

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi har ikki klubda juda ham kam faoliyat yuritgan. U «Chelsi» tarkibida 13 ta APL uchrashuvida qatnashadi. «Arsenal»ga o‘tgach, atigi 7 ta o‘yinda maydonga tushirilgan.

Vilyam Gallas

Gallas, Eshli Koul «Chelsi» o‘tgan yili, «Arsenal» safiga kelib qo‘shiladi. Fransuz himoyachisi to‘rt yil davomida yuqori darajada o‘yin namoyish etadi. Ammo sovrin qo‘lga kirita olmaydi. Gallas 2010 yilda «Tottenxem»ga yo‘l oladi.

Yossi Benayun

«Chelsi» va «Arsenal» o‘rtasida ijara asosidagi bitimlar kamdan-kam imzolanadi. Ammo isroillik yarim himoyachi Benayun, 2011 yilda bu narsaga chek qo‘ygandi.

Petr Chex

«Chelsi»ning afsonaviy darvozaboni 2014 yilda «Arsenal»ga yo‘l oladi. Shimoliy Londondagi besh yillik faoliyatdan keyin u yana «Chelsi»ga qaytdi. Ayni damda esa chexiyalik posbon klubda maslahatchi lavozimida ishlaydi.

Villian

«Chelsi»da eng omadli davrlarini o‘tkazgan braziliyalik futbolchi, yetti mavsum davomida g‘arbiy London qiroliga aylanadi. Ammo Villianning «Arsenal»ga ko‘chishi o‘ta omadsiz kechdi. Hujumchi bir mavsum davomida 1 ta gol urishga erishdi, xolos. Shu sabab o‘tgan yozda «Korintians»ga yo‘l oldi.

David Luis

Luis 2011 yilda Londonga 21,5 million funt evaziga olib kelinadi. 2014 yilda esa «PSJ»ga 50 million funtga sotib yuboriladi. Ikki yillik Parij sayohatidan keyin himoyachi yana «Chelsi»ga qaytdi va 3 mavsum davomida jamoaga xizmat qildi. 2019 yilda esa Luisga «Arsenal» shartnoma taklif qiladi. U to‘pchilar bilan ikki mavsum birga bo‘ldi. Ayni damda esa Luis o‘z vatanida, «Flamengo» sharafini himoya qilmoqda.

Olivye Jiru

«Arsenal» Jiruni 2012 yilda «Monpelye»dan xarid qiladi. U olti mavsum davomida jamoa uchun 105 ta gol urishga erishgan edi. 2018 yilda esa fransuz hujumchisi «Chelsi»ga o‘tadi. Hozirda uning makoni «Milan» bo‘lib turibdi. Hujumchi bu mavsumda Italiya skudettosi uchun kurashmoqda.

 


ISMATOV J.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:17, 21.04.2022.
O'qildi: 1985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.