Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«PSJ»ning ehtimoliy chempionlik o‘yini oldidan klubda ikkita yo‘qotish bor

«PSJ»ning ehtimoliy chempionlik o‘yini oldidan klubda ikkita yo‘qotish bor

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» klubi futbolchilari Presnel Kimpembe va Marko Verratti jamoalarining chempionatdagi navbatdagi «Lans»ga qarshi uchrashuvini o‘tkazib yuborish xavfi ostida. Jurnalist Adriyen Grenyening so‘zlariga ko‘ra, futbolchilarning ishtiroki hamon so‘roq ostida.

Kimpembe va Verratti hali jarohatlardan to‘liq forig‘ bo‘lishmagan va umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazishmagan. O‘yin oldidan Maurisio Pochettino boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilarning holatiga baho berib, ularning uchrashuvdagi ishtiroki haqida qaror qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» hozirda Fransiya chempionatida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda va deyarli oltin medallarni kafolatlab qo‘ygan. Agar jamoa «Lans»ga qarshi o‘yinda kamida bitta ochkoni qo‘lga kiritsa, u holda yakunda chempionlikni qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: 21:33, 21.04.2022.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик