Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Parij-2024 siklida yangicha taekvondo

Parij-2024 siklida yangicha taekvondo

Baho:
+ | -

Har bir Olimpiya o‘yinlari siklida sport turlaridagi qoidalarga ba’zi o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu borada Butunjahon taekvondo federasiyasi ham Parij-2024 davri uchun yangi qoidalarni tatbiq qildi.

Hozirda O‘zbekiston taekvondo WT assosiasiyasi tomonidan Respublikamizdagi murabbiy va hakamlar uchun yangi qoidalar bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda. Shu paytgacha Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi mutaxassislar yangi qoidalardan boxabar qilindi. Reja bo‘yicha keyingi seminar Nukus shahrida Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakillari uchun o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Xo‘sh, o‘zi bu o‘zgarishlar nimalardan iborat? Parij-2024 siklidagi taekvondo nimasi bilan farq qiladi? Keling, bu borada asosiy o‘zgarishlarga to‘xtalsak.

Avvalo, g‘olib “2/3 raunddagi g‘alaba” tizimi asosida aniqlanishiga to‘xtalish joiz. Bunda har bir raund yakunida g‘olib e’lon qilinadi va ketma-ket ikki raundda g‘alaba qozongan taekvondochi bahs taqdirini o‘z foydasiga hal qiladi. Bu esa avvalgidek “oltin ochko” uchun kechadigan to‘rtinchi raund bo‘lmasligini anglatadi.

Bordiyu ikki taekondochi bir raunddan g‘alaba qozonsa va uchinchi raundda hisob teng bo‘lsa, g‘olibni aniqlash uchun eng avval umumiy raundlardagi ochkolar yig‘indisiga qaraladi. Bu esa har bir bo‘limda sportchilarga maksimal darajada ochko ishlash kerakligini anglatadi. Agar bu bo‘yicha ham tenglik kuzatilsa, texnik jihatdan murakkabroq zarba ijrosiga qaraladi. Unda ham g‘olib aniqlanmasa, ogohlantirishlar soniga e’tibor beriladi. Mabodo bu bo‘yicha ham tenglik kuzatilsa, g‘olibni aniqlash bahs referilariga havola qilinadi.

“Yangi qoidalarda o‘ziga yarasha murakkabliklar bor. Seminarlar davomida assosiasiyamiz bosh hakami Dmitriy Kim bilan mutaxassislarimizga barchasini batafsil tushuntirmoqdamiz. Endi xalqaro musobaqalar qatori ichki chempionatlarda ham yangi o‘zgarishlar bo‘yicha hakamlik qilinadi. Shu bois mahalliy musobaqalarimiz davri boshlanguncha viloyatlardagi barcha murabbiy va hakamlarimizga o‘zgarishlarni tushuntirishimiz lozim”, – dedi viloyat bo‘limlari bilan ishlash mutaxassisi Husniddin Xodjamkulov.

Shuningdek, ogohlantirishlar ko‘rsatish, ba’zi zarbalar ijrosidagi texnik harakatlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi vazn toifalarida ham o‘zgarishlarni uchratish mumkin.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 12:48, 22.04.2022.
O'qildi: 1575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик