"Milan" hujumchisi Rafael Leau yozgi transfer oynasida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
Italiya OAVlarining xabariga ko‘ra, 22 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun "Barselona" va "Pari Sen-Jermen" ham kurashga qo‘shilgan. Ular futbolchi bilan navbatdagi transfer oynasida shartnoma imzolamoqchi.
Milanliklar hujumchini sotishni istamayapti. Ammo u uchun kamida 70 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Shuningdek, "rossonerlar" Leauga 2026 yilgacha yangi shartnoma taklif qilishdi. Unga ko‘ra, futbolchining maoshi esa mavsumiga 4,5 million yevrogacha oshiriladi.