Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

OCHL. «Nasaf» «As-Sadd»ni «tiz cho‘ktirdi»

OCHL. «Nasaf» «As-Sadd»ni «tiz cho‘ktirdi»

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi doirasidagi «Nasaf» — «As-Sadd» uchrashuvi yakunlandi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda vakillarimiz ishonchli hisobda g‘alaba qozondi — 3:1.

Garchi birinchi bo‘limda gol kiritilmagan bo‘lsa-da, yaqqol ustunlik «ajdarlar»da bo‘ldi. Ammo futbolchilarimiz yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadi.

Ikkinchi taym ham «Nasaf» ustunligida booshlandi. Berdiyev shogirdlari raqib jarima maydonchasi oldidan bir qancha xavfli hujumlar uyushtirdi va bu 63-daqiqaga kelib hisobda ham o‘z aksini topdi. Qatar klubi futbolchisi Santi Kasorlaning xatosidan keyin Akmal Mozgovoy to‘pni egallab oldi va Meshal Marsham darvozasiga chiroyli gol urdi — 1:0.

Oradan 8 daqiqa o‘tib, Ivan Solovyovning chiroyli pasidan keyin Husayn Norchayev hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi — 2:0.

77-daqiqada «As-Sadd» darvozaboni Marsham to‘pni ushlab olishda xatoga yo‘l qo‘ydi va bundan Oybek Bozorov unumli foydalandi. U to‘pni egallab olib, qulay vaziyatda turgan Akmalga uzatdi va Mozgovoy o‘zining o‘yindagi ikkinchi golini kiritdi.

O‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganda «As-Sadd» hisobni bittaga qisqartirdi. «Nasaf» himoyasidagi pala-partishlikdan Rodrigo Tabata unumli foydalanib, jamoasini 1 goliga mualliflik qildi.

Shu tariq vakillarimiz 5-turda 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z ochkolarini 8 taga yetkazib oldi va 2-o‘ringa yaxshilab joylashib oldi.

 

«Nasaf» — «As-Sadd» 3:1

Gollar: Akmal Mozgovoy – 63, Husayn Norchayev – 75, Akmal Mozgovoy – 77, Tabata - 90

«Nasaf»: 35. Abduvohid Nematov, 2. Alibek Davronov, 4. Husniddin Aliqulov, 7. Sharof Muhitdinov, 8. Dilshod Saitov, 10. Husayn Norchayev, 17. Suhrob Nurulloyev (Ivan Solovyov 67), 22. Akmal Mozogovoy, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov (S)

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 6. Murodbek Rahmatov, 9. Ivan Solvev, 18. Bahrom Abdurahimov, 23. Sardor Sadullayev, 27. Zafarmurod Abdirahmatov, 30. Aziz Xolmurodov, 70. ASliddin Tursunpo‘latov, 99. Semir Smaylagich

«As-Sadd»: 22. Meshal Barsham, 2. Pedro Korreyra, 3. Abdulkarim Hassan, 6. Tarek Salman, 7. Muhammad Vaad, 10. Hasan Al Haydos (S), 15. Akram Afif, 16. Boualem Xo‘xi, 17. Gilerme Torres (Rodrigo Tabata), 19. Santi Kasorla, 22. Andre AYEv

Zaxira: 1. Saad Al Sheib, 31. Yusuf Abdulloh, 4. Ahmad Sayyor, 8. Ali Asad, 9. Yusuf Abdurizoq, 12. Rodrigo Tabata, 13. Abdulla Al Yazidi, 20. Salem Al-Hajri, 47. Faisal Muhammad, 70. Musab Xidir Muhammad

 

Kiritildi: 00:08, 24.04.2022.
O'qildi: 7709 marta.
Fikrlar: 285 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.